Get Mystery Box with random crypto!

XUSH XABAR Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filia | TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

XUSH XABAR

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali direktori, t.f.d., professor, Xalqaro muhandislik akademiyasi muxbir a'zosi Batirbek Tulepbergenovich Kaipbergenov " Turon" fanlar Akademiyasining "Akademik" i ilmiy unvoni bilan mukofotlandı .

Joriy yilning 28-mart kuni filialımızga O'zbekiston Respublikasi Innovaciyalardı rivojlantirish Agentligi xuzuridagi ilmiy-texnik markazi direktor muovini N.Xaydarov xizmat safari bilan keldi va Batirbek Tulepbergenovichning uzoq yillik ilmiy mehnatlari yuqori baholanib, "Akademik" ilmiy unvoniga loyiq ko'rilgani bilan tabriklab, kelgusida bundan ham katta ilmiy yutuqlarga erishishiga tilakdosh ekanligini bildirdi.

Shu bilan birga, mehmon tashrif doirasida filialda amalga oshirilgan ishlar bilan tanıishdi.

Ma'lumot uchun, "Turon" fanlar akademiyasi o'z faoliyatini 2012-yildan boshlagan va fanning rivojlanishiga sezilarli hissasini qo'shgan, fan doktori va nomzodlariga tanlov asosida "Akademik" unvonini berib kelmoqda. Ayni vaqtda Akademiyaning 20 dan ortiq Davlatlarda a'zolari bor.

Bu muvoffaqiyati bilan ustoz B.T.Kaipbergenovni va butun TATU Nukus filial jamoasini tabriklab, kelgusida yanada katta zafarlarga erishishini tilab qolamiz.