Get Mystery Box with random crypto!

Assalom qalbimda asraganlarim! Opa-singillarim! Jigarbandlari | ❤️Tabriklar_sherlar❤️

Assalom qalbimda asraganlarim!
Opa-singillarim! Jigarbandlarim!
Qadrini qadrimdan baland qilganim!
Do‘stu qadrdonim, mehribonlarim!
Sizlarga ilindim bir chimdim mehrim!

Qalbingiz bahoriy nurlarga to‘lsin !
Kuningiz fayzlarga, gullarga to‘lsin !
Yetkazdi ollohim go‘zal tonglarga!
Tonggi tilaklarim sizlarga bo‘lsin !

Yuringiz doimo sog‘u-salomat.
Boshingizga tushmasin hech qachon tashvish.
Yoningizda yursin hamisha Omad!
Tinch osuda bo‘lsin kelajak, turmush.

Baxt ayrilmasin ostonangizdan.
Farzandlar yayrasin koshonangizda.
Nurlar bo‘sa olsin peshonangizdan.
Hamisha asrasin Parvardigorim!

Tongdan ilinganim yaxshiliklarim!
Qalbingiz taqvoga,to‘lsin iymonga!
ALLOXim yetkazsin qadamlaringiz!
Baxtlar koshonasi Ka’batullohga!

@Tugulgan_kun_sherlari