Get Mystery Box with random crypto!

#Tavallud_muborak Joriy yilning 30-avgust kuni Paxta sanoat | TTYESI

#Tavallud_muborak

Joriy yilning 30-avgust kuni Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilish avvalida fakultetda uzoq yillar mehnat qilib kelayotgan “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori, Beruniy nomidagi davlat mukofoti sovrindori, Respublikada xizmat ko‘rsatgan xalq maorifi xodimi, xalqaro muhandislar akademiyasining akademigi, Qozog‘iston Respublikasi tabiiy fanlar Akademiyasining akademigi, Qozog‘iston Milliy fanlar akademiyasi “Nazariy va amaliy mexanika” Milliy qo‘mitasining a’zosi, tajribali, zahmatkash ustoz, mehnatsevar, hozirjavob, fidoyi inson, 60 yillik ilmiy, nazariy va pedagogik faoliyatga ega, paxta, to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab, fidokorona mehnat qilib kelayotgan Mardonov Botir Mardonovichning 80 yoshga to‘lganligi munosabati bilan institut rahbariyati hamda fakultet jamoasi tomonidan muborakbod etildi.