Get Mystery Box with random crypto!

#ttyesi #kitobxon #tavsiya Yosh boʼlishiga qaramay, million | TTYESI

#ttyesi #kitobxon #tavsiya

Yosh boʼlishiga qaramay, millionlab turk kitobxonlari mehrini qozonib ulgurgan Mirach Chagʼri Oqtoshning ushbu kitobi ilk bor oʼzbek tiliga oʼgirilib, oʼquvchilar hukmiga taqdim etilmoqda.

Mazkur asarida muallif muqaddas Qurʼoni Karimdagi suralar, paygʼambarlar hayotidan ibratli voqealardan misollar, jahonga tanilgan koʼplab mutafakkirlar, donishmand allomalarning purmaʼno fikrlaridan iqtiboslar keltirib, falsafiy mushohada yuritadi. U insonlarni ezgulikka, xayru saxovat koʼrsatishga, doimo yaxshilik qilish va kek saqlamaslikka chorlab, sabr-qanoatli boʼlishga undaydi; hayotdagi qiyinchiliklar Аllohning bir sinovi ekani, ular oldida esankiramay, muammolarga yechim izlash, doimo olgʼa intilish zarurligini uqtiradi, oʼquvchida shukronalik tuygʼularini uygʼotadi. Kitob keng kitobxonlar ommasiga moʼljallangan.

Maroqli va mazmunli mutolaa tilaymiz!