Get Mystery Box with random crypto!

​​Xotin boʻlish qiyin emas Qiyini – erning jahli chiqqanida b | Tunchiroq

​​Xotin boʻlish qiyin emas

Qiyini – erning jahli chiqqanida bitta gapdan qolib, gap qaytarmaslikdir.

Qiyini – qorni och kelganida, yarim kechasi boʻlsa ham, turib ovqatini oldiga qoʻyishdir.

Qiyini – achitib, kesatib olishning oʻrni kelganida, uni ranjitmaslik uchun tilni tiya bilish, uni ayay olishdir.

Qiyini – uning ham oʻz shaxsiy hududi borligini tan olish, unga daxl qilmaslikdir.

Qiyini – hayot tashvishlaridan charchab, alamini sizdan olganida, uni toʻgʻri tushunish, xafa boʻlavermaslikdir.

Xotin boʻlish qiyin emas.

Qiyini – kayfiyatingiz yaxshi boʻladimi yoki yomon, koʻchadan kirib kelganida uni iljayib kutib olishdir.

Qiyini – baʼzida xafa qilib, ranjitsa-da, haqqiga samimiy duolar qila bilishdir.

Qiyini – qanchalik qiziq va sirli tuyulsa ham, telefonini ochib, ichini titmaslikdir.

Qiyini – nafsga yoqmasa ham itoat qilish, boʻysuna olishdir.

Qiyini – ayblari, kamchiliklari boʻlsa-da, bolalarga otasini dunyodagi eng yaxshi inson deb koʻrsata bilishdir...

Bahodir Sobirov

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida