Get Mystery Box with random crypto!

#tarjima #yangikitob #parcha Ular muhabbat deya atayotganlari | Tunchiroq

#tarjima #yangikitob #parcha
Ular muhabbat deya atayotganlari muhabbat emas, aksincha u muhabbat yopinchig’ini kiyib olgan jinsiy istakdir. Makkor bo’ri ham o’ljasi qo’lga tushishi bilan ustidagi yuvosh qo’y terisini tashlaydi va tishlarini g’ichirlatib, o’ljasini tilka-pora qilishga shaylanib aslini namoyon qiladi. Undan o’z ehtiyojini qondirib bo’lgach, hech qanday afsus-nadomatsiz uloqtirib ketaveradi. Bechora esa tuproqdan ham qadrsiz narsaga aylanib qoladi…

Shuni yodda tutingki, shirin gaplar gapirayotgan, go’zal orzu va va’dalar berib, shubhali uchrashuv taklif qilayotgan yigit sizni bir hamlada yutib yuborishni istayotgan och bo’ridir. U harom go’shtingizdan to’ygandan so’ng sizni teri yoki suyak holida uloqtirib ketadi. Siz esa qismatingizga hasrat qilib, o’sha lahzalar uchun yig’lab qolaverasiz.

Hasson Shamsiy Poshoning “Qizlarimizga nasihat” kitobidan.

@Iysoxon