Get Mystery Box with random crypto!

Shvetsiya'dagi mushaf yoqish namoyishi borasida Turk matbuotid | Tunchiroq

Shvetsiya'dagi mushaf yoqish namoyishi borasida Turk matbuotidagi soʻnggi bayonotlar:

Shvetsiya'da, bugun soat 13:00'da Qurʼoni Karimni yoqishga kirishishini eʼlon qilgan Rasmus Paludan Turkiya elchixonasi oldida xavfsizlik xizmati xodimlari qurshovida Quʼron mushafini yoqdi.

Bu harakat hukumat ruxsati bilan amalga oshirilgani bayon qilindi. Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Tobias Billstrom Rasmus Paludan'ning qilmishini "fikr bayonoti erkinligi" sifatida izohladi.

Turkiya Mudofaa vaziri Hulusi Akar: “Qur’onni yoqishga ruxsat bergan Shvetsiya'ning Mudofaa vazirining tashrifini bekor qildik. Shu paytdan boshlab uning tashrifi endi hech qanday ma'no va ahamiyatga ega emas", dedi.

Turkiya muftiysi Aliy Erbosh ushbu jinoyatga qarshi munosabatlarni bildirish maqsadida barchani ertaga 22 - yanvar tongida bomdod namoziga masjidlarda yigʻilishga chaqirdi.

Turkiya "Yeniden refah" partiyasi rahbari Fotih Erbakan ushbu harakatni, ayniqsa hukumatning ruxsat berishi masalasini qoralab shunday dedi: "Shvetsiya hukumatining ushbu namoyish uchun kerakli ruxsatlarni taqdim qilganligi kattagina janjal(sababi)dir. Bundayin haddini oshishlik, soʻzlar bilan ifoda qilib boʻlmaydigan namoyish bilan nafratlanarli jinoyat sodir qilinmoqda va bunga Shvetsiya hukumati ruxsat bermoqda. Ushbu nuqtada "Milliy Qarash" oʻzining ellik yildan beri ilgari surayotgan so'zlari va (qo'riqlamoqda bo'lgan) masofasi xususida qanchalik haq eknaligi yana bir bor isbotlandi. Rahmatli Ustoz Najmiddin Erbakan "bu Yevropadan bizga yaxshilik yoʻq, ostonasida kutishni toʻxtataylik", (qabilidagi) soʻzlarini bayon qilayotgan payt bir guruh insonlar buni nazarga ilmayotgan edilar. Bunday zehn egalaridan, bu aqldan Turkiyaga, Islom dunyosiga, millatimizga biror foyda kelishi imkonsizdir".

Turkiya boʻylab noroziliklar va namoyishlari tobora ortib bormoqda.

@AbdulvohidZabihulloh