Get Mystery Box with random crypto!

Ilm faqat pok qalbga o‘rnashadi Talaba e’tibor berishi lozim | Tunchiroq

Ilm faqat pok qalbga o‘rnashadi

Talaba e’tibor berishi lozim bo‘lgan jihatlardan biri shuki, u ilm olishdagi niyatini pok qilmog‘i lozim. Ilm o‘rganuvchi kishi o‘rganayotgan ilmidan nimanidir niyat qiladi. Umuman, har qanday ish zamirida maqsad yotadi. Xoh ilm olish bo‘lsin, xoh boshqa ish, baribir nimaningdir niyatida bajariladi. Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambar alayhissalom, har qanday amal niyatga bog‘liq ekani, shuningdek, niyatga qarab ajr-mukofot berilishi haqida marhamat qilganlar. Chunki niyat amallarning poydevoridir. Kishi xoh diniy, xoh dunyoviy ilm o‘rganmasin, avvalo, Allohning roziligini va mukofoti bo‘lmish jannatni niyat qilmog‘i darkor. Qolaversa, ana shu o‘rgangan ilmi orqali o‘zidagi johillikni va boshqalardagi ilmsizlikni ketkazish, insonlarga ilm tarqatish, jamiyat va xalqqa manfaat yetkazish kabi ishlarni niyat qilmog‘i kerak. Ilm oluvchi hech qachon obro‘-e’tibor, mansab va boylik kabi o‘tkinchi narsalarni niyat qilmasligi shart.

Ilm olishga kirishayotgan kishi doimo gunoh ishlardan o‘zini saqlamg‘i darkor. Gunoh inson qalbini qoraytiradi. Iflos, nopok qalbga esa ilm o‘rnamaydi. Chunki ilm pok, u faqat pok qalbsha o‘rnashadi. Qolaversa talaba har daqiqani g‘animat bilmog‘i kerak. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Ikki ne’mat borki, ko‘p insonlar ulardan mahrumdir. Ular sog‘lik va bo‘sh vaqtdir”, dedilar.

Imom Shofe’iy: “Vaqt qilichdir. Agar sen uni kesmasang, u seni kesadi”, deydilar. Talaba vaqtini har xil befoyda ishlar bilan o‘tkazmasligi lozim. Ota-ona farzandini uy ishlaridan ozod qilib, shartnoma pullarini to‘lab, uni ilm olib, yuksak martabalarga erishishi uchun harakat qilsa-yu, farzand vaqtini o‘yin-kulgu bilan o‘tkazsa, bu ota-onaga nisbatan ulkan xiyonat bo‘ladi.

Manbalar asosida Muhammad Sodiq Muhammad Ismoil tayyorladi

Mezana – Ilmni odob ila o'rganamiz!

Kanalga ulanish: @mezanauz