Get Mystery Box with random crypto!

Dunyoda nimalar bo'layapti? •Buni yozib chiqmasam bo'lmas edi | Tunchiroq

Dunyoda nimalar bo'layapti?

•Buni yozib chiqmasam bo'lmas edi. Gap Turkistonlik Uyg'ur musulmonlar haqida ketmoqda!

Uyg'urlar holatini, yillar bo'ylab qay tarzda yashab kelayotganlarini bilsangiz kerak. Bilmasangiz, uyat ish. Bu Uyg'ur musulmonlari, necha yillar-ki yovuz Xitoy qo'lida asirlikda yashab kelmoqda. Masalan Falastindagi holatlarni ham bilamiz. Lekin dunyodagi eng katta azobni chekayotganlar bu aynan Uyg'urlar! Qolgan yurtlarda ham musulmonlarga nisbatan zulmlar yetarlicha. Lekin uyg'urlarga bo'layotgani shunchaki ta'rifsiz!

Har biringizdan bular uchun doim duo qilishingizni va holatlari haqida ko'proq o'rganishingizni so'rab qolaman. Endi esa shu kunlarda bo'layotgan holatlar ila tanishing.

Butun Urumchi shahrini "karantin"ga olganlari, insonlarni uylariga qamab, ochlikka mahkum etilganlari (och qoldirilganlariga) 100 kundan ko'proq bo'libdi. Hatto domlarga kirish eshiklari ham qattiq quluflangan!

24-noyabrda esa Urumchi markazidagi bir katta bino (uy)da yong'in chiqqan. 4 soat davom etgan bu yong'inda, barcha insonlar uyiga qulf bosilgani uchun, qancha urunsalar ham ko'chaga chiqa olmaganlar! Yong'in mashinasi yong'in chiqgandan 4 soat so'ng kelgan. Lekin podyezdlar eshiklari ham qulf bo'lgani uchun yordam ko'rsatilmagan! Bino ichidagi 44 dan oshiq inson shunchaki hayotdan ko'z yumgan! Axborot vositalarida o'lganlar sonini ancha kam ko'rsatishayapti. Mahalliy aholi gaplariga ko'ra esa, 44 dan oshiq inson o'lgan!

@sayyidumariyya