Get Mystery Box with random crypto!

#JAVOBLAR 1. Yuzingiz oval shaklida bo‘lsa, ta’sirchan, o‘z | TTA TF | PSIXOLOG

#JAVOBLAR

1. Yuzingiz oval shaklida bo‘lsa, ta’sirchan, o‘z dunyoqarashiga ega, bag‘rikeng va optimistsiz. har bir ishga mantiqan yondoshganingiz va aniq maqsad sari intilganingiz sabab karyeera pog‘onalarida tez ildamlaysiz. Agar biror ish rejangizdagidek bo‘lmasa, jahl otiga minmang. Atrofdagilarga ham imkon berishni o‘rganing.

2. Aylana shakldagi yuz sohiblari esa biroz jizzaki bo‘lsalar-da, aslida juda ham ko‘ngli ochiq insonlardir. Boshqaruvchilik qobiliyatiga ega ekanliklari esa yutuqlarga erishishlarini ta’minlaydi. Ko‘nglingiz bo‘shligidan foydalanishlariga yo‘q qo‘ymasangiz, dilxiralikdan aziyat chekmaysiz.

3. Orazning to‘g‘riburchak shakli o‘ziga ishongan, aslzodalarga xos harakatlar qiluvchi, o‘z navbatida esa kichkina hodisalardan ham qattiq hayajonga tushuvchi kishilardan darak. Ularning iste’dodliliklari esa tahsinga sazovar. Soxtalikdan yiroq bo‘ling. Hayot yo‘llaringizda samimiylik muhim ekanini unutmang.

4. Yuzi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklini eslatuvchilar qat’iyatli va biroz qo‘polroq bo‘lishadi. Dilidagi tilida bo‘lgani uchun hamma bilan ham munosabatga kirisha olmaydi. Qaror qabul qilishga ustaliklari ularni ko‘kka ko‘taradi. Ularga oilada ustunlikka harakatlari janjalga sabab bo‘lishini inobatga olishlarini tavsiya etardik.

5. Chehrangiz uchburchaksimon bo‘lsa, demak, siz yurakka quloq tutasiz. Rashkchi va biroz makkorligingiz ham bor. Shu tufayli doim quvnoq kayfiyatda yurasiz-da. Tadbirkorlik bilan shug'ullansangiz, katta marralarni zabt etishingiz mumkin.

6. Noksimon yuzlar esa sohibu sohibalarining ta’sirchan va biroz dangasaligidan nishona. Aqlli bo‘lsangiz-da, kimningdir turtkisisiz biror ishga qo‘l urishingiz qiyin. Ikkilanish va dangasalik ashaddiy dushmaningiz ekanligini unutmang.

7. Romb shakliga o‘xshovchi yuz egalarining o‘ziga xos fe’l-atvori bo‘lib, atrofdagilar ular bilan til topishishga qiynaladi. Tanlovda adashishmasliklari, sir saqlashga ustaligi va "ichimdagini top" xilidan bo‘lganliklaridan karyera borasida yutuqlarga erishishadi. Ammo shu vajlardan shaxsiy munosabatlarda muammolar kuzatilishi hech gapmas.