Get Mystery Box with random crypto!

Birinchi kursga qabul qilingan yoshlar o‘zim qilgan xatolardan | TTA TALABALARI | Rasmiy kanal

Birinchi kursga qabul qilingan yoshlar o‘zim qilgan xatolardan ba‘zilarini sizlar qilmasligingiz uchun bu postni yozvomman o‘qing:
Birinchi navbatda 6-sentabr kuni erta tur va harakatni boshla raspisaniya chiqsa qara seni TKK degan fandan boshqa barcha faning arab maktab oldidagi binolarda (bu yil manimcha asosiy binoda bo'lsa kerak lekin bu ma‘lumot aniq emas) bo‘ladi. Tasavvur qil senda anatomiya darsi Beruniy metrodan chiqasan. Taksistlar Arab maktab deb turadi borginda o‘tir yo‘lkira narxi 4ming yoki 5ming so‘m . Keyin arab maktab qarama qarshi tomonida tashlab ketadi o‘sha yoqda uje qayerga borishin kerakligini aytadigan odam ko‘p bo‘ladi. Agar TKKga bormoqchi bo‘lsang toshmi klinika deganiga o‘tir.
Toshmiga yetib keldik endi 2-etap:
Xonadasan o‘zingni kursdoshlarin oldida noqulay his qilma ular ham senga o‘xshab birinchi marta kelib turibdi. Nimanidir tushunmasang katta kurslardan yoki kursdoshlarindan so‘ra axir ular bilan 6yil birga o‘qisan. Bu yil qamoqqa kirganlar 6 yil ichida amnistiyaga ilinib chiqib ham keladi lekin sen ulardan ajralmaysan. Takshto bir oila bo‘linglar. Ustozlar katta extimol bilan birinchi darsda hech nma so‘ramaydi tanishtiradi. Darsdan chiqishda ustozdan tematik planni olishni unutma va keyingi darsda 1-va 2-darslarga tayyorlanib ke bo‘lmasa o‘zingni birinchi 2 bahoyingi olasan atrabotka ta‘mini his qilasan. Iloji boricha nb olma darsda 2olganing nbdan yaxshiroq. O‘qitish tizimidan nedavolen bo‘lib tgda kanal ochvorma . Bu yaxshi yo‘l emas. Sen iloji boricha yaxshi o‘qigan katta kurslardan maslahat so‘ra chunki ular qilgan xatolaridan xulosa qilib senga maslahat beradi. Yetsa bilming yetmasa puling degan talabadan uzoqlash u o‘zi qilgan xatoga seni ham boshlamoqda ishon yaxshi o‘qigan bironta kursdoshim shu vaqtgacha pul bermagan ba‘zi domlalar bayramda bergan sovg‘angni ham olmaydi pora bo‘lib qoladi deb. Bu gaplarim nerealniy bo‘lib tuyulmasin 2yillik starsalik va talabalik hayotimda ko‘rganlarimni yozayapman (bu yerda 3-kurs haqida gap ketmagan). Eng muximi duxin cho‘kmasin sandan oldingilar ham bitirgan sen ham bitirasan sendan keyingilar ham gap qanday bitirishingda omad senga ukam, singlim

P/s 1yil oldingi postim abituriеnt uka va singillarimizga jo‘natib qo‘yamiz

Sayriddinov Jamoliddin

@TTA_TOSHKENT_TIBBIYOT_AKADEMIYA