Get Mystery Box with random crypto!

Tushkunlikka tushishning eng oson yo’llari. -Yangiliklarni d | TTA TALABALARI | Rasmiy kanal

Tushkunlikka tushishning eng oson yo’llari.

-Yangiliklarni doimo kuzatib borish. Iloji bo’lsa har kuni.

-Hayoti o’zinikidan yaxshiroq bo’lganlarga obuna bo’lish. O’zi umuman odamlarni fikrlari uchun emas, yashash tarzi uchun kuzatish.

-Kontent yaratish emas, kontent ko’rish bilan vaqt o’tkazish. Kontent olayotganlarni esa tanqid qilib turish.

-O’zi hal qila olmaydigan, harakat ham qilmaydigan muammolar haqida o’ylash, suhbatlashish, gapirib yurish.

-Odamlar nima derkin deb o’ylayverish.

-Hozirgi ishini yaxshilab qilishni o’rniga, yana yangi ish qilib ko’rish haqida o’ylash.

Shu ishlarni qilish aniq siqilishga olib boradi. Teskarisini hali ko’rmadim.

Aziz Rahimov

@TTA_TOSHKENT_TIBBIYOT_AKADEMIYA