Get Mystery Box with random crypto!

TTA TALABALAR

Telegram kanalining logotibi tta_talabalar — TTA TALABALAR T
Telegram kanalining logotibi tta_talabalar — TTA TALABALAR
Kanal manzili: @tta_talabalar
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.27K
Kanalning ta’rifi

Toshkent Tibbiyot Akademiyasining talabalar kanali!
Reklama: @tta_ads
Aloqa: @Qabul24Bot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-31 19:52:56
Mustaqilligimizning 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasida Prezidentimiz davlatimizni rivojlantirishdagi asosiy vazifalardan eng muhimi ta’lim ekanligini ta’kidladi.

“Men doim aytganman va yana qaytaraman, biz uchun birinchi o‘rinda ta’lim, ta’lim va yana ta’lim turadi. Farzandlarimiz zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashlari uchun eng qulay sharoitlar yaratishni izchil davom ettiramiz.

Buning uchun, maktablarning o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi, darsliklar mazmuni tubdan qayta ko‘rib chiqiladi. Ushbu tizim avval ilg‘or xorijiy mutaxassislar tomonidan ekspertizadan o‘tkazilib, keyingina hayotga tadbiq etiladi.

Barcha hududlarimizda, ayniqsa, qishloq joylarda maktablar qurish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor beramiz. Ustoz va murabbiylar mehnatini rag‘batlantirish borasidagi ishlarimizni yangi bosqichga ko‘taramiz.

Imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta’limni har tomonlama rivojlantiramiz”, dedi davlatimiz rahbari.

@TTA_TALABALAR
3.0K views16:52
Ochish/sharhlash
2022-08-31 13:09:05
Tarixiy hujjat: bundan roppa-rosa 31 yil oldin, 31-avgust kuni O‘zbekistonning mustaqilligi e’lon qilingan! #UZB31 #Repost

@TTA_TALABALAR
3.5K viewsedited  10:09
Ochish/sharhlash
2022-08-31 12:33:48 Talabalar, yotoqhonaning yillik to'lovi o'zgargani haqida so'rashmoqda. Hali, hech qanday o'zgarish haqida ma'lumot yo'q. Aniqlik kiritib e'lon qilamiz.

@TTA_TALABALAR
3.2K views09:33
Ochish/sharhlash
2022-08-31 08:40:40 1-kurslar uchun qabul 5-sentyabrdan boshlanadi. Bugun ham ko'pchilik talabalar kelib sarson bo'lib qaytishyapti!
2.0K views05:40
Ochish/sharhlash
2022-08-31 07:08:14 Hurmatli talabalar qaysi fandan necha kredit to'plashingizni bilib oling. Juda kerak bo'ladi oxirida yana "ochisleniyaga" tushib qolmang!
2.3K views04:08
Ochish/sharhlash
2022-08-31 07:05:41 Ishchi o'quv reja kredit-modul tizimi asosida!

Toshkent tibbiyot akademiyasi barcha bosqichlari uchun ishchi o'quv rejasi!

Tanishib chiqishingiz mumkin!

@TTA_TALABALAR
2.4K viewsedited  04:05
Ochish/sharhlash
2022-08-31 03:00:35 -Sen o'qimasding-ku, qaysi kalla bilan o'qishga kirding???

-Franklinning kallasi bilan

@TTA_TALABALAR
2.7K views00:00
Ochish/sharhlash
2022-08-30 23:10:18
5-sentyabrdan qabul uchun olib kelishingiz kerak bo'lgan hujjat va qog'ozlar ro'yxati!

@TTA_TALABALAR
3.1K views20:10
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:51:12 1-kurslar uchun qabul 5-sentyabrdan boshlanadi. Bu bo'yicha bezovta qilmaysiz deb o'ylayman!
2.8K views16:51
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:50:30 Toshkent tibbiyot akademiyasiga ilk marotaba tashrif buyuruvchilar uchun joylashuv.

Taksi yoki shaxsiy avtomobil orqali yuqorida turgan joylashuvga borishingiz mumkin.

Umumiy transport vositalaridan Toshkent tibbiyot akademiyasiga 28, 34(medgorodok) 82, 116 raqamli avtobuslar hamda 188 raqamli marshrut bilan borishingiz mumkin bo'ladi.

Agar metro orqali kelmoqchi bo'lsangiz istalgan metro bekatidan BERUNIY metro bekatigacha borasiz va yuqorida sanab o'tilgan yo'nalishdagi transport vositalari orqali manzilingizga yetib olishingiz mumkin!

@TTA_TALABALAR
561 views16:50
Ochish/sharhlash