Get Mystery Box with random crypto!

​Aziz yurtdoshlar, jonkuyar va fidoyi tibbiyot xodimlari! Siz | TTA TALABALAR

​Aziz yurtdoshlar, jonkuyar va fidoyi tibbiyot xodimlari!

Sizlarni, avvalo, eng ulug‘ va eng aziz bayram — Vatanimiz Mustaqilligining 31 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman. 

“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan ezgu g‘oyani ro‘yobga chiqarishda Siz, tibbiyot fidoyilarining ham munosib hissangiz bor, albatta.

Chunki bugun sohadagi barcha yangilanishlar xalqimizni rozi qilishga qaratilgan! Tibbiyotni aholiga yanada yaqinlashtirish uchun bor imkoniyatlar ishga solinmoqda. “Inson qadri uchun” degan tamoyil faoliyatimizning bosh mezoniga aylangan.

Bu yo‘lda o‘z huzur-halovatidan kechib, kerak bo‘lsa, jonini xatarga qo‘yib, kechayu kunduz o‘zgalar dardida yelib-yuguradigan sharafli kasb egalarini xalqimiz ham, davlatimiz ham hamisha ardoqlaydi va qo‘llab-quvvatlaydi.

Tibbiyotni yanada xalqchil tizimga aylantirish bundan keyin ham bosh maqsadimiz bo‘lib qoladi. Bunga erishishda egniga oq xalat kiyib, nomi va sha’nini xuddi libosidek pokiza saqlaydigan Siz, azizlarning mehnatingizga suyanamiz.

Muhtaram sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari!

Istiqlolimiz shodiyonasi barchangizga muborak bo‘lsin! Hamisha el ardog‘ida bo‘lib yuring! Hech qachon dard ko‘rmang! Xonadoningiz faqat quvonchu shodlikka to‘lsin!

Behzod MUSAYEV,
Sog‘liqni saqlash vaziri.

@TTA_TALABALAR