Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlarga imkoniyat Turli bosqichlarda biznesni tez rivojlani | IQTIDORLI TALABALAR BO'LIMI

Yoshlarga imkoniyat

Turli bosqichlarda biznesni tez rivojlanishdan turli narsalar to’sadi.

Biznes boshlanayotganda — pul yo’qligi

Biznes oyoqqa turib olgach — kuchli jamoa, kadrlar yo’qligi

Kattalashib ketgach esa — kattaligi to’sadi)

Merit jamoasi bu yil 4ta maktab ochishni rejalashtirgan.

Tabiiyki direktorlar, o’qituvchilar va maktab xodimlaridan tashqari endi bizga kuchli product managerlar ham kerak bo’ladi.

(*Product Manager — Loyihani noldan qurib boradigan odam)

O’zbekiston bozorida PM lar o’ta noyob. Shu sababli ularni o’zimiz yetishtirib chiqaramiz. (Onlayn kurslar, tajriba, shogirdlik)

Kelajakda tadbirkor bo’laman, lekin hozir nima qilishni bilmayman deydiganlar uchun bu ideal imkoniyat.

Formani to’ldiring. Ma’qullarni 9-iyun kuni chaqirib dildan suhbat quramiz.

https://notionforms.io/forms/product-manager

P.S.

Yaxshi product manager bo’lish uchun 3ta fundamental sohada birida tajriba kerak. Bular: Marketing, Management, Finance.

@azizrakhimov_blog