Get Mystery Box with random crypto!

TDSHU • ТГУВ • TSUOS

Telegram kanalining logotibi tsuos — TDSHU • ТГУВ • TSUOS T
Telegram kanalining logotibi tsuos — TDSHU • ТГУВ • TSUOS
Kanal manzili: @tsuos
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.80K
Kanalning ta’rifi

TDSHU rasmiy kanali
Официальный канал ТГУВ
Veb-sayt tsuos.uz
Facebook fb.com/tsuos.uz
Instagram instagram.com/tsuos.uz
Twitter http://twitter.com/tsuos_uz
YouTube youtube.com/c/tsuos
Murojaat uchun @tsuos_bot
Rektorga murojaat tsuos.vqabulxona.uz

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-30 19:51:39


QUTLOV

Ўзбекистон Республикаси мустақилллик куни муносабати билан хорижлик биродарларимиздан қутлов келишда давом этмоқда!

ТДШУ Хитой филологияси кафедраси устози, хорижлик Чи Даодзя ўзбек халқини ва университет жамоасини Мустақиллик байрами муносабати билан ўзбек тилида қутлаб, видеотабрик йўллади

Мустақиллик байрами барчага муборак бўлсин

@sharq_xabar
1.3K views16:51
Ochish/sharhlash
2022-08-30 17:50:03


QUTLOV

Ўзбекистон Республикаси мустақилллик куни муносабати билан хорижлик биродарларимиздан қутлов келишда давом этмоқда!

ТДШУ мустақил изланувчиси кореялик Чо Мин Ян ўзбек халқини ва университет жамоасини Мустақиллик байрами муносабати билан ўзбек тилида қутлаб, видеотабрик йўллади

Мустақиллик байрами барчага муборак бўлсин

@sharq_xabar
1.3K views14:50
Ochish/sharhlash
2022-08-30 15:49:06 Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Kengaytirilgan Ilmiy Kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram|tsuos.uz
1.4K views12:49
Ochish/sharhlash
2022-08-30 14:40:19 Toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi

Taʼlim kreditlari taʼlim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek oʻqishini koʻchirgan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan talabalarga beriladi.

Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.

Taʼlim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Taʼlim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ariza;
toʻlov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud boʻlganda). Shartnomada oʻqishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun toʻlov miqdori koʻrsatilgan boʻlishi lozim;
taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi;
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot.

Hujjatlar 5 ish kunida koʻrib chiqiladi.

Taʼlim krediti shartnomasi toʻlov-kontrakt shartnomasida koʻrsatilgan bir yillik toʻlov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.

Taʼlim krediti kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.

Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, taʼlim krediti boʻyicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa taʼlim krediti boʻyicha foiz stavkasi oʻzgarishsiz qoladi.

Mazkur tartib:

chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga;
tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma mablagʻlaridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan taʼlim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa toʻlovlarni amalga oshirish uchun taʼlim krediti ajratilmaydi.

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram|tsuos.uz
1.5K views11:40
Ochish/sharhlash
2022-08-30 04:56:44#EʼTIROF

Oliy taʼlim muassasalarining bir guruh fidokorlari eʼtirof etildi

Prezident Farmoni binoan Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan Fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va OAV xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi. Ular orasida oliy taʼlim fidoiylari, professor-oʻqituvchilari ham borligi soha vakillarini quvontirdi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi e’tirof etilgan barcha ustozlarni samimiy qutlaydi.

“O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni bilan

Xalmuradov Rustam Ibragimovich
— Samarqand davlat universiteti rektori;

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

Umurzakov Uktam Pardayevich (marhum) O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim Kengashi sobiq raisi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining sobiq rektori,

Dadabayev Xamidulla Aripovich — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining professori,

Isxakov Mirsadik Mirsultanovich — Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti kafedra mudiri;

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Matyakubov Ataxan — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti dotsenti;

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Usmanov Aziz Magdaliyevich —
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti professori;

Do‘stlik» ordeni bilan

Abduraxmanov Sayib
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali professori,

Ansatbayev Najimatdin — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali professori,

Berdimuratova Alima Karlibayevna — Qoraqalpoq davlat universiteti kafedra mudiri,

Kudbiyev Davlatbay — Farg‘ona politexnika instituti professori,

Pirmatov Serik — Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti,

Samadov Raxmatulla Sunatullayevich — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti dotsenti,

Turayev Yunus Sharipovich — O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori,

Yusupova Venera Ismetovna — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti;

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Yeshimbetova Aydin Ibadullayevna —
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi katta o‘qituvchisi taqdirlandi.

@eduuz
1.4K views01:56
Ochish/sharhlash
2022-08-29 21:04:41
#QUTLOV

Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʼttiz bir yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʼliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʼgʼrisida qaroriga asosan.

"Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni bilan

Isxakov Mirsadik Mirsultanovich - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining manbashunoslik va tasavvuf germenevtikasi kafedrasi mudiri taqdirlanadi

TDSHU jamoasi nomidan ustozni ushbu mukofot bilan qutlaymiz.

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram|tsuos.uz
1.7K viewsedited  18:04
Ochish/sharhlash
2022-08-29 20:24:01


QUTLOV

Эрон Ислом Республикасининг Ўзбекистондаги элчиси Хамид Наерободий ўзбек халқини ва ТДШУ жамоасини Мустақиллик байрами муносабати билан ўзбек тилида қутлаб, видеотабрик йўллади

Мустақиллик байрами барчага муборак бўлсин

@sharq_xabar
1.4K views17:24
Ochish/sharhlash
2022-08-28 19:23:03 Ushbu post super-kontrakt narxlari xususida...

2022-2023 o'quv yiliga super-kontrakt narxlari e'lon qilingani yo'q.

Super-kontrakt asosida o'qimoqchi bo'lgan abituriyentlar kimga murojaat qilishi kerak.


Super-kontrakt asosida o'qimoqchi
bo'lgan abituriyentlar OTMning qabul komissiyasiga murojaat qilishingiz kerak bo'ladi.

Qo'shimcha savollarni bot manziliga yuborishingiz mumkin.
@tsuos_murojaatbot

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS


Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | tsuos.uz
877 viewsedited  16:23
Ochish/sharhlash
2022-08-28 15:55:33
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovnaning "Abadiy do'stlik namunasi" nomli maqolasi "Xalq so'zi" gazetasida chop etildi.

- Hindistonga va uni Markaziy Osiyoda o'rganishga bo'lgan qiziqish uzoq o'tmishga borib taqaladi. Hindshunoslik fan sifatida O'zbekistonda 75 yildan ortiq vaqtdan buyon mavjud...

MAQOLA BILAN TO'LIQ TANISHING...

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram|tsuos.uz
1.3K viewsedited  12:55
Ochish/sharhlash
2022-08-28 07:55:47


QUTLOV

Кеча, кечки вақтда Олий таълим муассасаларига қабул бўйича мандат эълон қилинди

Қанчадан-қанча омадли ёшларимиз ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ШАРҚШУНОСЛИК УНИВЕРСИТЕТИ ТАЛАБАСИ бўлишди

Шу ергача етиб келишлари осон бўлмаганини биламиз ва уларга бутун бошли университет жамоаси номидан: "Талабаликка қабул қилинганингиз муборак, шарқшуносликка қўйган қадамингиз қутлуғ, бу ерда олажак билимларингиз манфаатли, илмингиз зиёда бўлсин",- дея ҚУТЛОВ айтамиз

Ҳурматли бугун тонгдан ТДШУ талабаси бўлиб уйғонган ТАЛАБА
Сиз Республиканинг таълим анъанаси узоқ вақтларга бориб тақаладиган, устозлари билимли, адолатли ва меҳрибон бўлган таълим даргоҳига қадам қўймоқдасиз! Айни дамда Сизни шахсан танимаса ҳам, ўз бағрига қабул қилаётган университет ва устозларига муносиб бўлишингиз ҳамда вақт ўтиб, юртимизга керакли кадр бўлиб етишиб чиқишингизга ишонч билдирамиз

Янги ўқув йили ҳар биримизга хайрли ва барокатли келсин!

@sharq_xabar
1.2K views04:55
Ochish/sharhlash