Get Mystery Box with random crypto!

27-avgust Moldova Mustaqilligi kuni 1991-yil 27-avgustda So | TSUL-Library

27-avgust Moldova Mustaqilligi kuni

1991-yil 27-avgustda Sovet Ittifoqidan ozod bo'lgan Moldova Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul qildi.

Moldova Respublikasi – Yevropaning janubi-sharqiy qismidagi davlat. Ukraina va Ruminiya bilan chegaradosh. Maydoni 33 846 km2. Aholisi 3,557,600 kishi (2014). Jahonda aholisi boʻyicha 118 oʻrinni va hududi boʻyicha 135-oʻrinni egallaydi.
Poytaxti – Kishinyov shahri. Maʼmuriy jihatdan 40 tuman, 21 shahar va 48 shaharchaga boʻlinadi. Davlat tili – moldavancha.

Moldaviya – respublika. 1994-yil 29-iyulda qabul qilingan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi – parlament tomonidan saylanadigan prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organi – bir palatali parlament (Majlis), ijrochi organi – hukumat (Vazirlar kengashi).

Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1994-yil 23-avgustda tan olgan va shu kuniyoq diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan.

@tsullibrary