Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli universitet talabalari! Baxrayn Podshohligining Turk | PROCEDURE

Hurmatli universitet talabalari!

Baxrayn Podshohligining Turkiyadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra ushbu davlatning Yoshlar va sport vazirligi tomonidan “Podshoh Hamad mukofoti” uchun tanlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tanlovda 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Ushbu tanlov quyidagi 2 toifaga ajratilgan holda o‘tkaziladi:
- Yoshlarning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi hissasini e’tirof etish bo‘yicha birinchi toifa - 5 ta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi va har bir yo‘nalish g‘olibi uchun 20 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli ajratiladi;
- Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda yoshlarning ishtiroki, harakati va ta’sirini ta’minlovchi omillarni tan olish bo‘yicha ikkinchi toifa - 3 ta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi va har bir yo‘nalish g‘olibi uchun 25 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli ajratiladi.

“Podshoh Hamad mukofoti” uchun tanlov to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan quyida keltirilgan veb-sahifa orqali tanishish mumkin:

www.kinghamadaward.com

Ma’lumot ingliz tilida berilgan bo‘lib, tanlovda ishtirok etish uchun barcha tegishli talablar va shartlarni o‘rganib chiqish zarur.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar joriy yil 1-iyul kuniga qadar ushbu keltirilgan veb-sahifa orqali ro‘yxatdan o‘tishlari zarur:

https://www.kinghamadaward.com/app/index.php/register