Get Mystery Box with random crypto!

#proftaʼlim #xalqaro_hamkorlik Toshkent iqtisodiyot va sanoat | TSUE-TDIU

#proftaʼlim
#xalqaro_hamkorlik

Toshkent iqtisodiyot va sanoat texnikumi hamda Buyuk Britaniyaning Lincoln kolleji o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Toshkent iqtisodiyot va sanoat texnikumi hamda Buyuk Britaniyaning Lincoln kolleji o‘rtasida har tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar dasturiy injiniring, qurilish, o‘z-o‘zini baholash hisoboti tizimi (SAR) va taʼlim sifatini oshirishni rejalashtirish (QIP) boʻyicha o‘zaro fikr almashildi hamda hamkorlik memorandumi imzolandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube