Get Mystery Box with random crypto!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov | TSUE-TDIU

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov oliy taʼlim muassasalari tomonidan turizmni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Sayyohlarni yurtimizning boy tarixiy merosi, asori-atiqalari bilan tanishtirishga, xorijlik mehmonlarni koʻlamini yanada kengaytirish maqsadida qiziqarli dasturlar va targʻibot materiallar yaratish uchun 11 ta oliy taʼlim muassasasi 31 ta tuman hamda 143 ta turizm mahallasining tarixi, yodgorliklari va diqqatga sazovor joylari haqida maʼlumotlar majmuini yaratish va koʻmaklashishga biriktirilgan. Ular asosida 12 ta tilda turistik paketlar ishlab chiqish hamda turizm va servis obyektlari ishchilarini oʻqitish belgilangan.

Yigʻilishda mazkur oliy taʼlim muassasalari rahbarlari olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot oʻtkazib, batafsil axborot berdilar.

Vazir xar bir tumandagi tarix obyektlarini ilmiy yondashgan holda oʻrganish, turistik jozibador obyektlarni kontent va eksponatlar bilan boyitish, oʻrganilmagan obyektlarning kontentini yaratish va xalqaro ilmiy anjumanlarni ushbu tumanlarda oʻtkazish boʻyicha masʼullarga qoʻshimcha topshiriqlar berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube