Get Mystery Box with random crypto!

TSTU

Telegram kanalining logotibi tstu_yoshlari — TSTU T
Telegram kanalining logotibi tstu_yoshlari — TSTU
Kanal manzili: @tstu_yoshlari
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

Kanalning asosiy maqsadlari:
- O'zbekiston va jahon siyosiy yangiliklari hamda Toshkent Davlat Transport Universitetining ilmiy va ijtimoiy hayotini yoritib borish;
- Universitet talabalari manfaatini himoya qilish;
Murojaat uchun: @TSTU_YoshlariBot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-09 12:16:00
O‘zbekiston 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining chempioni bo‘ldi

Hindistonning Chennay shahrida oʻtgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi 11-turida O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, olimpiada chempioni bo‘ldi. O‘zbekiston tarixda birinchi marta shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yana bir quvonarli xabar:
O‘zbekiston terma jamoasi ushbu olimpiada davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'ldi. Barcha yurtdoshlarimizni tarixiy g‘alaba bilan tabriklayman!

@alisher_sadullaev
1.2K views09:16
Ochish/sharhlash
2022-08-09 09:02:40
#kun_tarixi

9-avgust - Butunjahon kitobsevarlar kuni!

Aslida har birimizning hayotimiz bir kitobdir. Asl xazinaga tenglashtirilgan kitoblar javoni. Qadimdan kitoblar qadrlanib, sevilib, ardoqlanib kelingan.

Kitob insoniyat yuksalishi uchun muhim vosita hisoblanadi. Tarix bilan kelajakni bog'lovchi ko'prikdir. Kitob o'qiganingiz sayin hayolot dunyoyingiz ham teranlashib, kengayib boraveradi go'yo.

Kitob o'qish bizga meros desak, hech adashmaymiz. Chunki kitobsevar inson, kitobni sevgan inson yuksalsa yuksaladiki, aslo yomonlik sari yuzlanmaydi.

Bugun o'qiylik, bugun o'rganaylik. Eng qimmatli hadyani bugun yaqinlarimizga ulashaylik, zero, kitobchalik qiymatli xazina yo'qdir.

Barcha kitobsevarlarni bugungi kun bilan qutlaymiz. Hayot har birimiz uchun bir muallim bo'lsa, kitob esa katta ustoz demakdir!

Telegram | Facebook | Web-sayt | Instagram | YouTube
776 views06:02
Ochish/sharhlash
2022-08-08 18:01:26
G'ALABA!!!

Titanlar jangi:
Nodirbek Abdusattorov Hindiston terma jamoasi vakili, turnir davomida hali mag'lubiyatga uchramagan Gukesh Dommarajmu ustidan g'alaba qozondi! Yashavor, Nodirbek!!!

@alisher_sadullaev
947 views15:01
Ochish/sharhlash
2022-08-08 13:02:20 Bugungi imtihonda tushgan test savollari

1. Asab kasalliklarida qaysi aminokislotadan foydalaniladi?

2. Bir yillik ikki uyli oʻsimlikni aniqlang.

3. Gametofiti avtotrof bolgan osimliklar qaysi?

4. Sporofiti avtotrof bolgan osimliklar qaysi?

5. "Sinf" sistematik birligiga mos keluvchi javobni aniqlang.
A) xordalialar, molluskalar
B) zuluklar, o‘rgimchaksimonlar
C) ko‘p tuklilar, bo‘shliqichlilar
D) qorinoyoqlilar, ochiq urug‘lilar

6. Odamda umumiy qovurģalar soni nechta va qaysila

7. Stabillashtiruvchi tanlanishga quyidagilardan qay biri misol boʻladi

8. Qurbaqani kichik qon aylanish doirasi ketma ketligi(rasm)

9. Lishayniklar tarkibida qaysi guruh vitaminlar uchraydi?

10. Qaysi biomolekulalar nuklein kislotalar tarkibida boʻlmaydi?

11. Sebarga oʻsimligi uchun xos boʻlgan malumotlarni toping?

12. Nokrassingoverlar ulushi F2 da har biri uchun 12,25%dan bo'lsa, krassingover %ni toping?

A) 30%
B) 35%
C) 15%
D) 12,25%

13. Xushbo'y hidli no'xat o'simliklarini chatishtirib, chang donasi va gulning rangi keyingi avlodda mustaqil holda irsiylanmasligini aniqlagan olim(lar)ni ko'rsating.
A) U. Betson, R. Pennet
B) T. Morgan
C) G. Mendel
D) G. de-Friz, E. Chermak va K. Korrens

14. O'z tishlilar turkumi vakili berilmagan qatorni aniqlang.

15. Qonning normal ivishi, suyak toʻqimasi hosil boʻlishida ishtirok etadigan element

16. Kataraktani davolashda qaysi oʻsimlikdan foydalaniladi?

17. Golozoy oziqlanadigan organizmlar

18. Burchoqdoshlar oilasiga kiruvchi 1yillik oʻsimliklarni toping.

19. Entomofag(hasharotxor) hasharotlar qaysilar

20. Oʻsimlik navlarini ham yodlab qoʻying shu boʻyicha ham savollar tushibdi.

21. Zorka(a) Norka(b) uchun xos boʻlgan xususiyatlarni aniqlang

22. Stenabiont turlarni aniqlang

TDTrU talabalari kanali:
https://t.me/+ksI22fL2w-JjMjQy
1.2K views10:02
Ochish/sharhlash