Get Mystery Box with random crypto!

3126-savol: Assalomu alekum. Ijara shartnomasini tuzib o'tgan | TDTrU_online

3126-savol:
Assalomu alekum. Ijara shartnomasini tuzib o'tgan o'quv yilida pul olayotganlar bu o'quv yili uchun ham alohida dakument qilishadimi yoki sentabrdan yana to'lab berib boriladimi ?

***
Assalom alaykum savolim ijara shartnomasi bo'yicha men o'tgan yili shartnoma asosida kvartiraga joylashgan edim shartnomani muddati 2023 yil fevralgacha. Lekin hozir shartnoma pulini 50 foizi to'lab berish to'xtatilgan. Sentabrdan bizga yana to'lab beriladimi yoki yana ariza yozib topshirishimiz kerakmi? (Sentabrda ham shu yerda turmoqchimiz)
2. Shartnomani yana boshidan tuzish kerak emasmi?
Javob uchun oldindan rahmat!

Javob:
Har oʻquv yili uchun alohida buyruq rasmiylashtirish orqali pul mab'ag'lari to'lab beriladi. Oʻtgan oʻquv yili uchun hujjat topshirish muddati yakunlangan. Shu sababli, yangi o'quv yili uchun hujjat topshirishingiz mumkin.
Agar yashash joyini o'zgartirmasangiz, muddati o'tmagan shartnomadan foydalanishingiz mumkin.