Get Mystery Box with random crypto!

#bizning_ustozlar Ziyoda Gafurdjanovna Muxammedova - Yuk tran | Transport universiteti | Rasmiy kanal

#bizning_ustozlar

Ziyoda Gafurdjanovna Muxammedova - Yuk transport tizimi kafedrasi professor v.b.

2017-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiyasi komissiyasi ixtisoslashgan Ilmiy kengashning tavsiyasiga ko‘ra falsafa doktori PhD ilmiy darajasini olgan.

2020-yil texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini himoya qilgan.

Ilmiy rahbarligida 2 ta falsafa doktori (PhD) tayyorlangan hamda 5 nafar doktorant va mustaqil izlanuvchilar doktorlik (DSc) va falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Mehnat faoliyatida o‘zbek, rus va ingliz tilida 3 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta monografiya muallifi va 2 ta darslik chiqargan.

150 ta ilmiy maqola, shundan SCOPUS maʼlumotlar bazasidan joy olgan nashrlarda 6 ta, yuqori impakt-faktorli jurnallarda 28 ta, OAK eʼtirofidagi ilmiy nashrlarda 50 ta va 66 ta maʼruza tezislari chop etilgan hamda 2 ta ixtiroga O‘zbekiston Respublikasi patentlari muallifi bo‘ldi.

2017-2020 yillar mobaynida rahbarligida 2 ta Davlat granti asosida jami 150 mln so‘mlik ilmiy ishlar bajarilgan.

2021-yildan shu kunga qadar Xalqaro akademik partnyorlik dasturi doirasida, NAWA (Polsha) tomonidan moliyalashtiriladigan SilkRoad3D xalqaro grantning ishtirokchisi bo‘lib ishlamoqda.

2018-yilda “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” birinchi Respublika tanlovining texnika yoʻnalishi bo‘yicha g‘olibi.

2018-yil O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Yosh olim” respublika tanlovi sovrindori

Toshkent davlat transport univesitetining 2 ta ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash aʼzosi.

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News