Get Mystery Box with random crypto!

#bizning_ustozlar Nodirjon Qayumjonovich Tursunov – texnika f | Transport universiteti | Rasmiy kanal

#bizning_ustozlar

Nodirjon Qayumjonovich Tursunov – texnika fanlari nomzodi, dotsent

2017-yil “Moskva poʻlat va qotishmalar instituti” Fan va texnologiya universitetida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

2022-yil Materialshunoslik va mashinasozlik kafedrasi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni berilgan.

Ilmiy rahbarligida 6 nafar tayanch doktorant va mustaqil tadqiqotchilar falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

2 ta darslik, 4 ta oʻquv qoʻllanma, 1 ta monografiya, 149 ta ilmiy maqola (shundan 8 tasi SCOPUS va WoS maʼlumotlar bazasida indekslanadigan nashrlarda, 31 tasi yuqori impakt-faktorli davriy nashrlarda, 12 tasi OAK roʻyxatidagi jurnallarda) muallifi.

1 ta ixtiro uchun Oʻzbekiston Respublikasi patenti va 4 ta EHM dasturi va ma’lumotlar bazasi muallifi.

2018 va 2019-yillarda Xalqaro quymakorlik konsiliumida “Quymachilik eksperti” professional mahorat tanlovi sovrindori va g’olibi.

2019-yil “Oʻzbekiston temir yo’llari” AJ tomonidan tashkil etilgan “Vagon xoʻjaligi” sohasi boʻyicha “Innovatsion gʻoyalar-2019” tanlovi gʻolibi.

2019 va 2020-yillari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan tashkil etilgan temir yoʻl tizimida samarali faoliyat hamda sanoat va strategik rivojlanish sohasida “Eng yaxshi temiryoʻlchi” tanlovi gʻolibi.

2021-yil Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi miqyosida tashkil etilgan “Eng yaxshi yosh olim-2021” tanlovi gʻolibi.

2020-2022 yillarda “Quyuv-mexanika zavodi” ShKʼda 35 mlrd. soʻmga yaqin novatorlik texnologik ishlanmalari tadbiq etilgan.

2022-yil Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi miqosida tashkil etilgan “Eng yaxshi innovator -2022” tanlovi gʻolibi.

2022-yil Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi miqyosida tashkil etilgan “Eng yaxshi pedagog - 2022” tanlovi gʻolibi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi”, “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonlari sohibi.

Batafsil

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News