Get Mystery Box with random crypto!

Chegirma asosida olingan temir yoʻl chiptalari nima boʻladi? | TSTU.UZ | NEWS

Chegirma asosida olingan temir yoʻl chiptalari nima boʻladi?

Chegirma asosida xarid qilingan chiptalarni temir yoʻl chiptaxonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni chipta.railway.uz saytida qaytarishingiz mumkin.

Elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni chipta.railway.uz sayti orqali “Chiptalarni qaytarish” boʻlimidan foydalanasiz. Chiptani qaytarishga rozilik bildirganingizdan soʻng, chipta summasi 24 soat ichida chipta xarid qilingan plastik kartangizga qaytariladi.

Temir yoʻl chiptaxonalaridan xarid qilingan chiptalarni qaytarishda chiptaxonalarga murojaat qilishingiz va chipta summasini toʻliq olishingiz yoki boshqa sanadagi poyezdga chiptani almashtirishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, chiptalarni 18-yanvar sanasigacha 50% chegirma asosida xarid qilishingiz mumkin!

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ

Kanalga ulanish:
@TSTU_NEWS