Get Mystery Box with random crypto!

“Bankir kundaligi” telegram kanalida Surxondaryo viloyati Term | Trastbank

“Bankir kundaligi” telegram kanalida Surxondaryo viloyati Termiz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro, “Jarqo‘rg‘on oziq-ovqat taʼminoti” MCHJ taʼsischisi hamda rahbari “Trastbank”ning Termiz filialidan kredit ololmayotgani qayd etilgan murojaati eʼlon qilindi.

Taʼkidlash joizki, ushbu mijozning kredit olish yuzasidan dastlabki murojaati Bank tomonidan ko‘rib chiqilgan. Mazkur jarayonda uning moliyaviy holati qoniqarsiz ekanligi, xususan, byudjet to‘lovlari oldidagi qarzdorligi mavjudligi va so‘nggi 6 oy davomida umuman faoliyat yuritmaganligi, shuningdek, taqdim etilgan kafil tashkilotning ham moliyaviy holati barqaror bo‘lmaganligi sababli “Trastbank” Termiz filiali tomonidan ushbu holatlar yuzasidan tushuntirish berilgan.
Qolaversa, mazkur salbiy holatlar bartaraf etilgandan so‘ng kredit ajratish masalasi qayta ko‘rib chiqilishi maʼlum qilingan.

Bank faoliyatiga doir yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalga a'zo bo'ling: @trastbank_press