Get Mystery Box with random crypto!

Maktabingda hojatxona qurilishi uchun ko’chada ovoz yig’ib yur | TROLL.UZ

Maktabingda hojatxona qurilishi uchun ko’chada ovoz yig’ib yurasan, keyin direktoring o’quvchilarni olib tezda aeroportga borib bayroq ko’tarib turishni buyuradi.

O’quvchilaring bilan bir qator bo’lib tursang, 2 soatdan keyin 10 ta oyligingga ham ololmaydigan chiroyli to’n kiygan bokschi chiqib keladi va unga “Prezident sovg’asi” yozuvli TAHOE sovg’a qilishadi.

Xursandligingdan ko’z yoshlaringni to’xtatolmaysan. Yurtga bo’lgan muhabbating jo’shib ketadi!

Bokschi mashinasiga minib ketganidan keyin o’quvchilaringni yig’ib yana 15 tadan ovoz yig’masa hammasiga enasini ko’rsatishingni aytasan va ular bilan bozorga borasan.

Bo’lmasa maktabing hojatxonasiz, sen esa ishsiz qolasan.



Идешь по улице, собирая голоса на строительство туалета в своей школе. Звонит директор приказывает отвезти учеников в аэропорт чтобы подержать флажки.

Встаёшь в ряд со своими учениками. Через пару часов выходит боксер в красивом чапане, который ты и за 10 зарплат не купишь. Ему вручают TAHOE с надписью «Подарок от президента».

Ты не можешь сдержать слезы радости. Твоя любовь к стране возрастет!

Боксер уезжает на своей новой машине, а ты собираешь своих учеников и говоришь, что если те
не соберут еще по 15 голосов, то покажешь им кузькину мать.

Иначе школа останется без туалета, а ты без работы.

@trolluz