Get Mystery Box with random crypto!

Buxorochasi: “Uyga Baraka! Assalomu Alaykum bizlar keldik, P | TROLL.UZ

Buxorochasi:

“Uyga Baraka!

Assalomu Alaykum bizlar keldik,
Paygʻambar yoʻlini izlab keldik!
Paygʻambar yoʻliga keladi roʻza,
Roʻzaning savobi tegadi sizga!

Zumbala-baley, Zumbala-baley,
Oq tanga, koʻk-tanga, chiqarib bering, jon yanga!
Yangajonim yashasin, ustiga bahmal tashasin,
Har kun bozor borganda, 100 so’m 100 so’m tashasin.

Payg'ambarning 11 o'g'li bor edi
O'nbiridan Shoyusuf gulzor edi
Shoyusufni ovga olib chiqdilar
Jarga tashab bo'ri yedi dedilar!
Otasi, Onasi yugurib chiqdi jar boshiga
Chashmalar ravon ravon ko'z yoshiga.

Tomdan sepdim sedona
Terib yesin bedona
Tomdan sepdim mayiz
O'glingiz bo'lsin rais!”

Agar javob berishmasa yoki hech kim chiqmasa:

“Savobmi? Javobmi?” deb so’raladi.

Bezbetlikni qaranga

@trolluz