Get Mystery Box with random crypto!

#metodika “Ustunchalar” o’yini. Yaqin o’tgan mavzularni | TRIZ pedagogikasi | Rasmiy kanal

#metodika

“Ustunchalar” o’yini.

Yaqin o’tgan mavzularni qayta xotirlash va mustahkamlash, chaqqonlik va tez fikrlay olish qobiliyatlarini o’stirish uchun ayni qo’l keluvchi o’yindir.

1-bosqich. O’quvchilar daftar varog’ini istagingizga qarab 2, 3, 4 yoki 5 ta ustunchaga bo’lishadi. Ustunchalar boshiga mavzu nomi yoziladi.

2-bosqich. Har bir ustunchaga belgilashingizga qarab 5 tadan yoki 7 tadan mavzuga oid atama yozish kerak bo’ladi.

Birinchi bo’lib bo’lgan uch o’quvchini yozuv taxtasiga taklif qilasiz. Ular barchasini to’g’ri va bexato bajarishgan bo’lsa qo’shimcha baho bilan siylashingiz mumkin.