Zulfiya Isroilova Hamon eʼtiqodim – haqiqat, haqdir, Soʻzlaym | TRIZ pedagogikasi | Rasmiy kanal

Picture 1 from TRIZ pedagogikasi | Rasmiy kanal 2022-03-01 06:32:00
Zulfiya Isroilova

Hamon eʼtiqodim – haqiqat, haqdir,
Soʻzlayman yuzimni tutib Kaʼbaga.
Yemira olmaydi oʻtkinchi taqdir,
Osuda oʻtadi ruhim abadga.

Eʼzozlar, ardogʻlar uchun tashakkur,
Asli Siz oftobim, men ziyosiman.
Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur,
Baxtim shul – Oʻzbekning Zulfiyasiman.

Bugun Zulfiyaxonim tavallud topgan kun!
O‘zbek shoirasi. 1915-yilning 1-martida Toshkentda tug‘ilgan. O‘rta maktabdan so‘ng pedagogika institutida va aspiranturada taʼlim olgan. 1938-1948-yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, keyinchalik O‘zdavnashrda bo‘lim boshlig‘i, 1950-yildan 1980-yilga qadar "Saodat" jurnalida ishlagan. 1996-yilda vafot etgan.
TRIZ pedagogikasi | Rasmiy kanal

TRIZ pedagogikasi | Rasmiy kanal

@triz_pedagogikasi
3.74K Obunachilar
Taʼlim Toifa
▪️"TRIZ pedagogikasi" . — O‘qituvchilar va tarbiyachilar uchun zamonaviy metodlar;. — Foydali maslahatlar. 📲 Murojaat: @TRIZ_menejer...