Get Mystery Box with random crypto!

​“Bilmoq” haqida bilib oling Arabcha علم (bilmoq) soʻzidan ya | TRILLIONER INC.

“Bilmoq” haqida bilib oling

Arabcha علم (bilmoq) soʻzidan yasalgan va oʻzbek tiliga oʻzlashgan soʻzlar:

Ilm علم – bilmoq, bilim.

Olim عالم – biluvchi, bilimdon.

Maʼlum معلوم – bilingan, kimdir bilgan narsa.

Muallim معلم – bildiruvchi, bilim beruvchi.

Taʼlim تعليم – bilim berish, bildirish.

Maʼlumot معلومات – bilingan narsalar, “maʼlum”ning koʻplik shakli.

Alloma علامة – oʻta biluvchi.

Ulamo علماء – biluvchi, olim (aslida bu soʻz “olim” soʻzining koʻpligi – olimlar degani. Lekin bizga koʻplik shakli birlik maʼnoni anglatadigan soʻz boʻlib oʻzlashgan).

Olam عالم – bilingan, yoki bilish mumkin boʻlgan borliq.

Alam علم – bildirib turuvchi, belgi, yaʼni bayroq. “Alambardor” degani bayroqdor degani.

Aʼlam أعلم – biluvchiroq. “Allohu aʼlam” iborasi Alloh biluvchiroq degani.

Alomat علامة – bildirib turuvchi narsa, belgi.

Husan Xidirboyev sahifasidan olindi.

Manba

@oriftolib