Get Mystery Box with random crypto!

Yaqinda su'niy intellekt dunyoning ko'plab aholisini ishsiz qo | TREYDER BLOGI

Yaqinda su'niy intellekt dunyoning ko'plab aholisini ishsiz qoldiradi. 2023-yilda tom ma'noda sensatsiyaga aylangan Artificial Intelligence inson qila oladigan va qila olmaydigan ishlarni sanoqli sekundlarda bajarmoqda. Masalan, u bir necha kitobdan iborat asarni bir necha soniyada o'qib, sizga kerakli qilib tushuntirib bera oladi. Bir necha soatlik videolarni mazmun mohiyatini tushuntirib bera oladi. Dasturlar, kodlar yaratib beradi. Sherlar, Musiqa matnlari va xatto kitob ham yozib bera oladi. Yaqin kelajakda ko'plab, juda ko'plab kasblar xozirgi ko'rinishini yo'qotadi, yangi zamonaviy kasblar paydo bo'ladi. Hozirda jaxon televideniyalarida boshlovchi rolini su'niy intelekt muvaffaqiyatli bajarmoqda. O'zgarishlarga tayyor bo'lmagan insonlar katta qiyinchiliklarga uchraydi
Treydingda ham su'niy intelekt o'rni katta. Avvallari insonlar tomonidan yaratilgan, avtomatik robotlar, endi inson omilisiz, su'niy intelekt tomonidan yaratilib, boshqariladi. Su'niy intellektdan eng yaxshi strategiyani so'radik va uni sinab ko'rdik, savdo bizga daromad keltirdi. Kelgusida su'niy idrok geometrik progressiyada rivojlanishi kutilmoqda.
Sizning su'niy intelektga bo'lgan munosabatingiz qanday? U insoniyatni yaxshi tomonga o'zgartira oladimi? Yoki siz uni insoniyat izmidan chiqib ketishga qodir xavfli kuch deb hisoblaysizmi?
(Rasmda su'niy intelekt tomonidan yaratilgan su'niy treyder)

TREYDER BLOGI