Get Mystery Box with random crypto!

Bugun ishdan chiqib oʻzimni bir siylay deb Allmax kiyim doʻkon | Trendzor

Bugun ishdan chiqib oʻzimni bir siylay deb Allmax kiyim doʻkoniga bordim. Bir chekkadan kiyimlarni koʻrib ketyapman. Bir vaqt bir kishining nisbatan balandroq ovozda "nega hammang uymalashib chaq-chaqlashib oʻtiribsan, mijozlarga kim qaraydi" degan dashnomi eshitildi. Xodimlar u bu deb oʻzlarini oqlagan boʻlishdi. "Ish umuman yoʻq boʻlsa, bekor qolsang ana kitob oʻqi degandim, qaysing men aytgan 6 ta kitobni oʻqib boʻlding qoyillatib, bahona qilasan menga" deb davom etdi, koʻrinishidan shu yerni rahbari boʻlgan kishi.

Qoyil qoldim shunchaki, kiyim doʻkoni xoʻjayini xodimlariga kitob oʻqishni buyuryapti.

Masalan bizning ish joyimizda hozir oʻzimiz bilishimiz shart boʻlgan bilimlardan tashqari rus va ingliz tilini ham yaxshi bilishimiz talab qilingan (rus tili uchun yil oxirigacha muhlat berilgan).

Har qanday kompaniya, tashkilot va hokazo mana shunday xodimlarini ilm olishga, rivojlanishga undashi, qaysidir ma'noda talab qilishi ikki tomonning ham rivojlanishiga xizmat qiladi, shubhasiz.

Shunaqa gaplar...