Get Mystery Box with random crypto!

BOG'OTDA YANGI OILAVIY MEHMON UYI O'Z FAOLIYATINI BOSHLADI Bu | Travelkhorezm

BOG'OTDA YANGI OILAVIY MEHMON UYI O'Z FAOLIYATINI BOSHLADI

Bugungi kunda viloyatimizga mahalliy va xorijiy sayyohlar salmog'ining ko'payganini inobatga olib, tashrif buyurayotgan turistlarning sayohatini samarali tashkil etish, qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Xorazm viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirish, ayniqsa, oilaviy mehmon uylari tashkil qilish borasida davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va preferensiyalar yuzasidan va targ'ibot ishlari doimiy amalga oshirilmoqda.

Tegishli qonun hujjatlarida Xorazm viloyatining qator shahar va tumanlari rivojlanib borayotgan turizm markazlari sifatida belgilangan bo'lib, ushbu hududlarda xizmatlar sohasini rivojlantirishga bir qator imtiyozlar hamda maxsus soliq rejimi joriy qilingan.

Viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi mutasaddi xodimlarining sa'y harakatlari natijasida hozirgi kunda yangi turizm markazlaridan biriga aylanib borayotgan Bog'ot tumanida yangi oilaviy mehmon uyi o'z faoliyatini boshladi.

@travelkhorezm