Get Mystery Box with random crypto!

​Barchaga maʼlumki, katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “ULUG‘B | Milliy Travel🌍

Barchaga maʼlumki, katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “ULUG‘BEK XAZINASI” Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo tumanidan oqib o‘tuvchi To‘palang daryosi qirg‘og‘idan topilgan.

Bugun, 10 mart sanasidan arxeologik ishlar jarayonida esa o‘nlab Mirzo Ulug‘bek zarb ettirgan mis tangalar topildi.

Arxeologik olimlarning dastlabki xulosasiga ko‘ra, ushbu ashyolar Mirzo Ulug‘bek hukmronligi (XV asr) davrida zarb etilgan pul tangalarining shu kunga qadar topilgan eng katta va yaxshi saqlangan madaniy meros xazinasi hisoblanadi.
Hozirda TERMIZ ARXEOLOGIYA MUZEYI tomonidan keng ko‘lamli arxeologik qidiruv-tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Termiz arxeologiya muzeyi maxsus ekspeditsiyasi joriy yilning 9 mart sanasidan eʼtiboran hududda arxeologik qidiruv-tekshiruv va qazishma ishlarini olib borishmoqda. Dastlabki kun (9 mart) noqulay ob-havo sharoiti tufayli ekspeditsiya 4 dona tanga topishga muvaffaq bo‘lishdi.


BATAFSIL