Get Mystery Box with random crypto!

Fargʼona viloyatining barcha tuman va shaharlarida kurash va b | Farg'ona viloyat Transport boshqarmasi

Fargʼona viloyatining barcha tuman va shaharlarida kurash va belbogʼli kurash bayrami.

Mukofot jamgʼarmasi 325 mln. soʼmni tashkil etuvchi “Polvonlari koʼp yurt qudratli boʼlur” shiori ostida oʼtadigan viloyat yoshlari oʼrtasidagi musobaqalarga marhabo!

Bahslar 16 yoshdan 30 yoshgacha boʼlgan erkaklar va ayollar oʼrtasida 4 bosqichda boʼlib oʼtadi.

1-bosqich – joriy yilning 30 mart – 7 aprel kunlari Fargʼona viloyati mahallalarida oʼtkaziladi.

2-bosqichda polvonlar 9–13 aprel kunlari mahallalar oʼrtasida sektorlararo bellashuvlarda gilamga chiqishadi.

3-bosqich bahslari 14–25 aprel kunlari tuman va shahar miqyosida oʼtkaziladi.

Tuman va shaharlarda gʼoliblikni qoʼlga kiritgan polvonlar oʼrtasida soʼnggi – final bosqichi 26-27 aprel kunlari Fargʼona viloyati teatr va kontsert saroyida boʼlib oʼtadi.

Katta kurash havosidan bahramand boʼlishni istasangiz, shoshiling!

Polvonlar gilami sizga muntazir!