Get Mystery Box with random crypto!

Transport universiteti | Qabul komissiyasi

Telegram kanalining logotibi transport_abituriyent — Transport universiteti | Qabul komissiyasi T
Telegram kanalining logotibi transport_abituriyent — Transport universiteti | Qabul komissiyasi
Kanal manzili: @transport_abituriyent
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 4.73K
Kanalning ta’rifi

Тошкент давлат транспорт университети Кабул комиссияси
Приёмная комиссия Ташкентского государственного транспортного университета
📞call center:
☎️ 998712990191

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-08-24 12:08:59 Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun test sinovlari boshlanmoqda

Test sinovlariga abituriyentlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi pasport yoki ID karta olib kelishlari kerak.

Test sinovlari 25-26 avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

Abituriyentlar belgilangan vaqtdan 30 minut avval kelishlari so‘raladi.

Manzil: Toshkent davlat transport universiteti, Maqsud Shayxzoda nomidagi oʻquv zali.

Lokatsiya

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
2.5K views09:08
Ochish/sharhlash
2022-08-23 11:43:03
Январ ойида магистратурадаги бўш ўринларга яна конкурс ташкил этилади

Олий таълим вазирлиги ахборот хизмати раҳбари Мўмин Ибодовга кўра, магистратурага қабул квотаси тўлмаган бўлса-да, янги тартибга кўра бу йилдан магистратурага қабул бир йилда 2 маротаба амалга оширилади - январь ойига бўш ўринларга яна конкурс ташкил этилади.

https://kun.uz/22664661

Kun.uz расмий канали
2.7K views08:43
Ochish/sharhlash
2022-08-23 07:28:02
#Magistratura_2022

Magistratura qabul natijalari e'lon qilinmoqda

2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 10 031 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Jami qabul qilingan arizalar soni 5219 tani tashkil qildi.

Shundan:

xorijiy til sertifikatiga egalar — 4582 ta;

davlat stipendiantlari — 296 ta;

kimyo, biologiya va informatika yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplom egalari — 159 ta;

kimyo, biologiya, fizika va informatika fan olimpiadalari g‘oliblari — 12 ta;

ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi a’lo baholarga o‘qigan bitiruvchilar — 170 ta.

Talabgorlar magistratura qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2.6K views04:28
Ochish/sharhlash
2022-08-22 16:27:38
Ikkinchi oliy ta’limga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun ham so‘nggi imkoniyat

2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi oliy ta’limga qabul bo‘yicha vazirlikning ikkinchitalim.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqildi.

Ammo ayrim arizalar ma’lum bir sabablarga ko‘ra rad etildi.

Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 23-avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi.

Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabalardan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib, arizalarining ko‘rib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari so‘raladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2.6K views13:27
Ochish/sharhlash
2022-08-22 15:55:14
Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun test sinovlari kuni belgilandi

Test sinovlariga abituriyentlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi pasport yoki ID karta olib imtihondan 30 daqiqa oldin yetib kelishlari shart

Sinovlarga kech qolganlar kiritilmaydi

Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Temiryo'lchilar ko'chasi 1-uy, Transport universiteti, Asosiy bino, Maqsud Shayxzoda nomidagi o'quv zali.

google maps:
https://goo.gl/maps/FskB8ABtzRBJ9QhJ7

yandex maps:
https://yandex.uz/maps/-/CCURnCvKtC
2.6K views12:55
Ochish/sharhlash