Get Mystery Box with random crypto!

Magistraturaga 2022/23 o‘quv yili qabuli bo‘yicha tanlov natij | Transport universiteti | Qabul komissiyasi

Magistraturaga 2022/23 o‘quv yili qabuli bo‘yicha tanlov natijalari
Quyidagilarni eslatib o‘tamiz, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab:
1. Davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul bir yilda ikki marta — avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi. Bunda:
-avgust oyidagi qabul — navbatdagi o‘quv yili uchun tasdiqlangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi hamda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim muassasalarining kuzatuv kengashlari tomonidan tasdiqlangan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlariga muvofiq;
-yanvar oyidagi qabul — dastlabki qabul natijalariga ko‘ra to‘lmagan o‘rinlar hamda Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi;
2. Davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanadi.