Get Mystery Box with random crypto!

Transport va logistika fakulteti

Telegram kanalining logotibi translogis — Transport va logistika fakulteti T
Telegram kanalining logotibi translogis — Transport va logistika fakulteti
Kanal manzili: @translogis
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 744
Kanalning ta’rifi

Канал "Транспорт ва логистика" факультети деканати томонидан юритилади. Каналда ўқув жараёнига оид янгилик ва эълонлар ҳамда қизиқарли маълумотлар жойлаб борилади.

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-12-24 14:23:14 Қишки таътил

ОТМ талабалари ва профессионал таълим муассасалари ўқувчилари учун қишки таътил муддати 2022 йилнинг 26 декабридан 2023 йилнинг 9 январига қадар этиб белгиланди.


@xushnudbek
149 views11:23
Ochish/sharhlash
2022-12-24 08:45:12
#Live

Xayrli kun volontyorlar

"Hamnafas" volontyorlar markazining volontyorlari faol yoshlar ayni damda "Transport va logistika" fakultetida joylashgan yangi TTJ da xashar bo'lib o'tmoqda.

Qatnashish istagida bo'lgan barcha volontyorlarimizni "Transport va logistika" fakultetidagi YANGI TTJ binosida kutamiz, biz shuyerdamiz


Aloqa uchun: +998 94 051-71-50

https://t.me/HamnafasVolontyorlar
291 views05:45
Ochish/sharhlash
2022-12-24 06:25:39 Янги вазирликлар рўйхати тасдиқланди

Президент фармонига кўра, 2023 йил 1 январдан бошлаб Ҳукуматга бўйсунадиган ижро органлари сони 61 тадан 28 тага, шу жумладан вазирликлар сони 21 тагача қисқартирилмоқда. Бунда, 20 та идора тўлиқ тугатилмоқда.

Янгиланган вазирликлар рўйхати:

Инвестициялар, саноат ва савдо вазирлиги;

Иқтисодиёт ва молия вазирлиги;

Тоғ-кон саноати ва геология вазирлиги;

Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги;

Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги;

Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги;

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги;

Табиат ресурслари вазирлиги;

Ёшлар сиёсати ва спорт вазирлиги;

Қишлоқ хўжалиги вазирлиги;

Сув хўжалиги вазирлиги;

Рақамли технологиялар вазирлиги;

Адлия вазирлиги;

Транспорт вазирлиги;

Маданият ва туризм вазирлиги;

Мудофаа вазирлиги;

Энергетика вазирлиги;

Соғлиқни сақлаш вазирлиги;

Ташқи ишлар вазирлиги;

Ички ишлар вазирлиги;

Фавқулодда вазиятлар вазирлиги.


@xushnudbek
230 views03:25
Ochish/sharhlash
2022-12-23 18:04:08
Бугун йил финали!

Бугун соат 21:15 да "Миллий" телеканали орқали “Заковат”нинг 2022 йилги энг муҳим ўйини — ЙИЛ ФИНАЛИ эфирга узатилади. Унда Жобир Аҳмедов жамоаси иштирок этади.

Мухлисларга қулайлик яратиш мақсадида @zakovat Телеграм каналида овозли ҳамда матнли трансляция ҳам бўлиб ўтади. Саволларни ушбу каналда биргаликда муҳокама қилишингиз мумкин.

Эслатма: йил финалида йилнинг энг зўр саволи муаллифи млн сўмни (!!!) қўлга киритади. Бу қайси бахтли телетомошабин бўлади, бироздан кейин билиб оламиз.

Савол юбориш шартлари бу ерда.

Эслатма: "Капиталбанк" телетомошабинлар ҳомийси, "Ўзбекистон темир йўллари" АЖ эса билимдонларни қўллаб-қувватламоқда.

P.S.: финал ўйини суратга олинган пайтда мен хорижда хизмат сафарида эдим, шу сабабли иштирок эта олмагандим.


@xushnudbek
306 views15:04
Ochish/sharhlash
2022-12-23 18:02:49 #munosabat

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy majlisga yo'llagan murojaatnomasiga institut rektoridan munosabat:

"Mamlakatimiz hayotidagi o‘ziga xos tarixiy voqea bo‘lgan mazkur murojaatnoma bunda dasturilamal vazifasini o‘taydi"

Batafsil:https://xs.uz/uzkr/post/murozhaatnoma-faoliyatimizda-muhim-dasturilamal-boladi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
Telegram| Facebook| Instagram| YouTube
195 views15:02
Ochish/sharhlash
2022-12-23 16:49:37

Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi 2022-2023 o‘quv yili uchun Rektor hamda Atoqli olimlar (M.A.Xadjinova (qizlar uchun), P.Xabibullayev, N.I.Tashlanov, I.N.Ermatov, T.K.Iminov) nomidagi stipendiyalari uchun tanlov e’lon qiladi.

Shu munosabat bilan, talabgor nomzodlarning hujjatlarini ilmiy bo‘limga 2022 yil 27 dekabrga qadar elektron hamda qog‘oz variantda taqdim etishingiz so‘raladi.

1) Rektor stipendiyalari tanlovida institut bakalavryat yo‘nalishida o‘qiyotgan oxirgi ikki kurs (3-4 kurs) iqtidorli talabalari ishtirok etishlari mumkin (xar bir fakultetdan 1 nafar talaba dekan tavsiyanomasiga binoan tanlab olinadi).
2) Atoqli olimlar stipendiyalari (M.A.Xadjinova (qizlar uchun), P.Xabibullayev, N.I.Tashlanov, I.N.Ermatov, T.K.Iminov ) tanlovida esa institut magistraturasi hamda bakalavriyat yo‘nalishida o‘qiyotgan oxirgi ikki kurs (3-4 kurs) iqtidorli talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Rektor stipendiyasi har bir fakultetdan dekan tavsiyanomasiga ega bo‘lgan 1 nafar talabaga beriladi.
Atoqli olimlar stipendiyalari (M.A.Xadjinova (qizlar uchun), P.Xabibullayev, N.I.Tashlanov, I.N.Ermatov, T.K.Iminov ) har bir yo‘nalish bo‘yicha bittadan eng yuqori balni qo‘lga kiritgan talabgorlarga beriladi.

Tanlovga talabgorlar quyidagi hujjatlarni topshiradilar:

-sinov daftarchasidan ko‘chirma;
-to‘garak rahbarining, kafedra mudiri va dekan imzosi bilan tasdiqlangan tavsiyanomasi
-guruh rahbari va ilmiy (ijodiy) ish rahbarining fikr-mulohazasi;
-ilmiy(ijodiy) ishlari nusxalari;
-erishgan yutuqlari(diplom, sertifikat, tashakkurnoma va faxriy yorliq) nusxalari.
-pasport nusxasi
-ma’lumotnomasi (ob’yektivka)
-Rektor stipendiyasi uchun dekan tavsiyanomasi

Ko‘rsatilgan muddatdan kech qolgan talabgor hujjatlari qabul qilinmaydi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin (Tel: +99899-909-03-20. Z.M.Soxibova)

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
Telegram| Facebook| Instagram| YouTube
221 views13:49
Ochish/sharhlash
2022-12-23 15:28:59 Ҳурматли талабалар, эълонларга эътиборли бўлайлик ва фаол иштирок этайлик
786 views12:28
Ochish/sharhlash
2022-12-23 15:28:15
788 views12:28
Ochish/sharhlash
2022-12-23 09:45:44 #tanlov



«START UP» loyihalarini tanlab olish boʻyicha “Eng yaxshi innovatsion gʻoya egasi” tanlovida ishtirok eting va gʻolib boʻling!

Tanlovga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha startup loyihalar qabul qilinadi:
-texnika;
- axborot texnologiyalari;
- fan va taʼlim;
- energiya tejamkorlik;
- ijtimoiy-iqtisodiy.

Tanlovda institutimiz talabalari va magistrantlari 23.12.2022 dan 17.01.2023 ga qadar oʻz loyihalarini 1-ilovada keltirilgan (Start up loyihalarini tanlab olish boʻyicha “Eng yaxshi innovatsion gʻoya egasi” tanlovi asosnomasi) shaklda rasmiylashtirib, Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimiga topshirishlari mumkin.
Loyihasi tanlab olingan talabalar ekspertlar xuzurida oʻz loyihalarini himoya qilishlari shart (taqdimoti oʻtkaziladi).
Shoshiling, koʻrsatilgan muddatdan kech qolgan talabgorlarning loyihalari qabul qilinmaydi.

Shuningdek, Eng yaxshi innovatsion gʻoya egalari institut tomonidan moddiy va ma’naviy ragʻbatlantiriladi.

Qoʻshimcha ma’lumot uchun: Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshligʻi Z.M.Soxibovaga murojaat qilishingiz soʻraladi
 
Izoh: Tanlovga qo’yilayotgan loyihalar tijoriy ahamiyatga ega bo’lishi talab etiladi!
 

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
Telegram| Facebook| Instagram| YouTube
227 views06:45
Ochish/sharhlash