Get Mystery Box with random crypto!

Prezident va nomli davlat stipendiya sohiblari qancha stipendi | Transport va logistika fakulteti

Prezident va nomli davlat stipendiya sohiblari qancha stipendiya oladi?

Xabaringiz bor, kecha Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2022/2023-o'quv yili uchun stipendiantlar nomi e'lon qilindi. Ro'yxatni e'lon qilganimdan so'ng, menga o'zi bu stipendiya qanday imtiyoz beradi, bu talabalar endi qanchadan stipendiya oladi degan savollar kelib tushishni boshladi. Ushbu postda shu haqida to'xtalib o'taman.

Eng avvalo, Prezidenti davlat stipendianti bo‘lgan talabalar bakalavriatni tugatgandan so‘ng ikki yil mobaynida, nomli davlat stipendiyalari sohiblari esa bakalavriatni tugatganidan so‘ng bir yil mobaynida tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadilar.

Stipendiantlar moliyaviy tomondan ham yaxshigina summa oladilar. Jumladan, Prezident davlat stipendiyasi sohiblari har oyda 2.191.541 so'm olsa, nomli davlat stipendiya sohiblari oyiga 1.461.028 so'mdan stipendiya olish imkoniga ega bo'ladi.
________________________

Hozir dekabr oyi bo'lishiga qaramasdan, ushbu ro'yxatlardagi stipendiantlarning barchasiga 2022-yil sentabr oyidan boshlab, har oylik imtiyozli stipendiya summasi to'lab beriladi.

Bu degani Prezident davlat stipendiyasi sohiblari dekabr oyida (sentabr-oktabr-noyabr oylari uchun ham) 8.766.164 so'm stipendiya olsa, nomli davlat stipendiya sohiblari dekabrda 4 oylik summa 5.844.112 so'm oladilar. Yanvardan boshlab esa yuqorida ko'rsatilgan oylik miqdorida stipendiya olishda davom etadilar.

P.S.: Agar stipendiant bo'lgan talaba, o'tgan oylarda bazaviy stipendiya olgan bo'lsa, 4 oylik summadan ushbu stipendiya miqdorlari olib tashlanadi. Chunki imtiyozli stipendiya sohiblari bazaviy stipendiya o'rniga imtiyozli stipendiya oladilar.

Hurmatli talabalar, sizning ham ularga havasingiz keldimi? Unda siz ham hozirdanoq harakatni boshlang. Ilmiy ish, maqolalar yozing, jamoat ishlarida faol bo'ling. O'zingizni nimalarga qodir ekanligingizni ko'rsating. Nasib qilsa, siz ham keyingi yillarda stipendiant bo'lish baxtiga muyassar bo'lasiz.

Izzatxo'ja Asomiddinov

Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR