Get Mystery Box with random crypto!

Eng so’nggi transfer yangiliklari: 'Spartak' qishda Oston | TRANSFERLAR

Eng so’nggi transfer yangiliklari:

"Spartak" qishda Oston O'runovni ortga qaytarishi mumkin. Qishki yig'inlar doirasida Ruy Vitoriya barcha ijaradagi futbolchilarni sinab ko'rishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Sport-Ekspress" nashri.

Gnabri bir necha oydan buyon "Barselona" kuzatuvidagi asosiy nishon bo'lib turibdi. "El Nacional”ning yozishicha, "Bavariya" vingerini 70 mln yevrodan kam mablag’ga sotmoqchi emas.

"Real” yozda Eden Azar bilan xayrlashmoqchi. Jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabi o'yinchining ko'p jarohat olishi va ortiqcha vaznidan norozi bo'lishmoqda. Hozircha belgiyalik futbolchi uchun APL klublari — “Vest Hem" va "Everton" kurash olib bormoqda.

Lorenso Insinye MLS'ga yo'l olishi mumkin. Iqtidorli vinger xizmatlariga "Toronto" jamoasi qiziqish bildirgan. 30 yoshli futbolchining transfer narxi 48 mln yevroga baholanmoqda.

@TRANSFERLARTGUZ