Get Mystery Box with random crypto!

“Mbappe” Eldor Shomurodovning sobiq jamoadoshi uchun 35 mln ye | ⚽️ Futbol Transferlari ♻️

“Mbappe” Eldor Shomurodovning sobiq jamoadoshi uchun 35 mln yevro taklif qildi

Aslida “Mbappe” o‘rnida “PSJ” bo‘lishi kerakligini zukko muxlis allaqachon payqadi. Biroq Kilianni olib qolish uchun parijliklar “toshbaqa”ga juda katta va’dalar bergani sizga yaxshi ma’lum. Jumladan, transferlarda ishtirok.

Hozircha Mbappening ilk yurishi omadsiz chiqdi. Orelyen Tchuameni Parijni emas, Madridni tanladi. Ammo Kilian bu bilan to‘xtamoqchi emas. Insayder Janluka di Marsioga ko‘ra, “Mbappe” “Sassuolo” to‘purari Janluka Skamakka uchun 35 mln yevrolik taklif yuborgan va bunga darhol rad javobini olgan. “Sassuolo” 23 yoshli to‘purarini (u A Seriyadagi so‘nggi mavsumida 36 ta o‘yinda 16 ta gol urgan) 50 mln yevrodan kamiga sotmoqchi emas.

Ha, sarlavhaning avvaliga qaytamiz: Eldor Shomurodov “Roma”ga o‘tishidan avval “Jenoa”da o‘ynaganini bilasiz. Skamakka ham ayni shu vaqtda genuyaliklar safida ijarada harakat qilgan.

Ko‘ramiz, Mbappening bu safargi yurishidan nima chiqar ekan...

@Transferlar_uz