Get Mystery Box with random crypto!

Bahting muborak singlim Bugun oq kiyilar singlim senga ham, | To'y Tabriklari

Bahting muborak singlim

Bugun oq kiyilar singlim senga ham,
Baht qasring mustahkam tillodan boʻlsin.
Yigʻlab qalbingga ham ortmaginda gam,
Sen borgan ostonang nurlarga toʻlsin.

Toshdek qotgin endi borar joyingda,
Tabbasum koʻrinsin yuzingda doim.
Bahtsizlik egilsin sening poyingda,
Mening gulyuzligim osmonda oyim.

Oyogʻing ostida koʻkarsin rayhon,
Qasringi ham ishgʻol etolmasin dard.
Dilingni hech kimsa qilmasin payhon,
Tanlagan yoring ham sodiqlikda mard.

Ikki yurak bahti afzal har nedan,
Quluflang birga siz ikkala dilni.
Kelmasin yuraklar begona yerdan,
Kiritmang hattoki oʻrtaga qilni.

Muallif: Sanjarbek Akbarov



@Toy_Tabriklari