Get Mystery Box with random crypto!

Baxtning yaprog'idan tutay guldasta,  Barcha farishtalar turar | To'y Tabriklari

Baxtning yaprog'idan tutay guldasta, 
Barcha farishtalar turar havasda, 
Yurakdan pichirlab aytarman asta, 
Opajon to'yingiz muborak bo'lsin. 

Chang solmasin g'amu g'ussalar, 
Asal bering zahar tutsalar, 
Yetar kuyov sevib o'tsalar, 
Opajon to'yingiz muborak bo'lsin. 

Hayotdan shodlarib, doimo kulib, 
Hasan husanlarni onasi bo'lib, 
Uyingiz, farzandga, allaga to'lib, 
Opajon to'yingiz muborak bo'lsin.

#Maqsudjon_Tursunov

@Toy_Tabriklari