Get Mystery Box with random crypto!

#Mehringgiz_kerak Molu-dunyolarga ruju qo'yganlar, Faqat ko'c | To‘y Bob She'rlar ✔️

#Mehringgiz_kerak

Molu-dunyolarga ruju qo'yganlar,
Faqat ko'cha insonini suyganlar,
U dunyoyu bu duyosi kuyganlar,
O'g'linggizga mehringgiz kerak.

Farzandga siz bering jinday e'tibor,
Qarang ahir ular shirin, beg'ubor,
Mehr bering ularda qolmaydi g'ubor,
Qizinggizga mehringgiz kerak.

Taqdiriga befarq bo'lmang bolanggiz,
Go'ya ular sizning so'chu-tolanggiz,
Qiynalsa tinglamas keyin nolanggiz,
O'g'linggizga mehringgiz kerak

Ko'chada boshqasiz uydasiz boshqa,
Bolanggiz och lek siz borasiz oshga,
Sizga aytaymi yo aytaymi toshga,
Bolanggizga mehringgiz kerak.

Begonaga doim yaxshi insonsiz,
Uyga kelib esa vaxshiy vijdonsiz,
Bu ishlarni qilar faqat iymonsiz,
Bolanggizga mehringgiz kerak.

Qarang tunlar siz deb yig'lamoqda zor,
Siz tufayli ahir bo'lmoqdaku hor,
Atrofda ham unga berishar ozor,
Qizinggizga mehringgiz kerak

O'g'ildan ustunmas moshina yo pul,
Yo Alloh bermagan ishlatishga qul,
Ularning qalbini etmang sizlar kul,
O'g'linggizga mehringgiz kerak.

Sanjarbek Akbarov

Kanalimizga qo'shiling:
T.me/Toy_bob_sherlar