Get Mystery Box with random crypto!

​​​ Baʼzan.... Sukut saqlashga majbur boʻlamiz... zaif boʻ | To'siqlarga qaramay sevdik♡

​​​
Baʼzan....

Sukut saqlashga majbur boʻlamiz... zaif boʻlganimizdan emas, qadrdonlarimizni qattiq yaxshi koʻrganimiz, ularni yoʻqotmaslik uchun...


Baʼzan....

Yaqinganlarimizga juda qattiq gapiramiz.. chunki ulardan xavotir olamiz.. ular soʻzlarimizni oʻqishadi.. qalbimizga nazar solishdan ojiz boʻlishadi...

Baʼzan...

Xoli qolishni xohlaymiz... olamdan bizdan boshqa yoʻqdek oʻzimizni tutamiz... chunki shunday paytda halovatni topamiz...

Baʼzan...

Oʻzimiz yaxshi koʻrmagan, rozi boʻlmagan narsalarga bardosh beramiz... Chunki uning zamirida biz sevganlarning xotirasi boʻladi...

Baʼzan...

Oʻzimiz istamasak - da, boshqalar uchun tabassum qilamiz...

Baʼzan...

Yer shunchalik keng boʻlishiga qaramay, bizga tor boʻlib qoladi... Lekin biz, Alloh bizga jon tomirimizdan ham yaqin ekanligini eslaymiz... va qalbimizga sakinat choʻkadi. Nafs rozi boʻladi...

Zero... “Allohni zikri bilan qalblar orom olur”
(Raʼd: 28 - oyat)

@Tosiqlarga_qaramay_sevdik005