Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi

Telegram kanalining logotibi toshvilstatuz — Toshkent viloyati statistika boshqarmasi T
Telegram kanalining logotibi toshvilstatuz — Toshkent viloyati statistika boshqarmasi
Kanal manzili: @toshvilstatuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 216

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-04-27 08:50:12
Toshkent viloyatining YAIMga qo‘shgan hissasi 10,5 foizga yetdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-martida Toshkent viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi joriy narxlarda 20 746,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 1,5 %ga oʻsdi.

YAHM deflyator indeksi 2022- yilning yanvar-martidagi narxlariga nisbatan 7,0 %ga oʻsdi.

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Toshkent viloyatining qo‘shgan hissasi 10,5 %ga yetdi.

Rasmiy sahifalar

Facebook |Telegram
33 viewsTOSHVIL.STAT Axborot xizmati, edited  05:50
Ochish/sharhlash
2023-04-27 08:35:34
Toshkent viloyatining qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar ko‘proq?

2023-yilning 1-aprel holatiga viloyatimizda 1 633 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.

Rossiya – 158 ta
Turkiya – 182 ta
Xitoy – 335 ta
Qozog‘iston – 82 ta
Afg‘oniston – 28 ta

Rasmiy sahifalar

Facebook |Telegram
34 viewsTOSHVIL.STAT Axborot xizmati, edited  05:35
Ochish/sharhlash
2023-04-27 08:25:07
3 oyda 13,0 ming tonna sabzavotlar yetishtirildi

2023- yilning yanvar - mart oylarida Toshkent viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 13,0 ming t. sabzavotlar yetishtirildi bu esa o‘tgan 2022- yilning yanvar - martiga nisbatan -6,1 %ga kam.
Sabzavot yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, sabzavot yetishtirildi umumiy hajmidan 82,1 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

Rasmiy sahifalar

Facebook |Telegram
35 viewsTOSHVIL.STAT Axborot xizmati, edited  05:25
Ochish/sharhlash
2023-04-27 07:59:58
2023-yilning 1-aprel holatiga Toshkent viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 7 661 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 17,1% ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 7 516 taga to‘gri keldi.Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:

Oqqo‘rg‘on tumani – 173 ta
Ohangaron tumani– 257 ta
Bekobod tumani– 195 ta
Bo‘stonliq tumani– 255 ta
Bo‘ka tumani– 127 ta
Quyi Chirchiq tumani– 266 ta
Zangiota tumani– 1 044 ta
Yuqori Chirchiq tumani– 456 ta
Qibray tumani– 717 ta
Parkent tumani– 379 ta
Pskent tumani. – 155 ta
O‘rta Chirchiq tumani– 353 ta
Chinoz tumani– 226 ta
Yangiyo‘l tumani– 414 ta
Toshkent tumani– 662 ta
Nurafshon shahri– 233 ta
Olmaliq shahri– 293 ta
Angren shahri– 352 ta
Bekobod shahri– 185 ta
Ohangaron shahri– 232 ta
Chirchiq shahri– 453 ta
Yangiyo‘l shahri– 234 ta


Rasmiy sahifalar

Facebook |Telegram
37 viewsTOSHVIL.STAT Axborot xizmati, edited  04:59
Ochish/sharhlash
2023-04-26 13:35:31
Toshkent viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining 52,6 %i jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanmoqda

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida, Toshkent viloyatida kuzatilgan uy xo‘jaligi a’zolaridan jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ulushi 52,6 % ni tashkil etdi, shundan erkaklar - 52,6 %, ayollar - 48,9 % tashkil etmoqda.

Rasmiy sahifalar

Facebook |Telegram
57 viewsTOSHVIL.STAT Axborot xizmati, edited  10:35
Ochish/sharhlash
2023-04-26 13:30:11
Toshkent viloyatining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot xizmatlarining hajmi 4 786,5 mlrd. so‘mga etdi

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar - mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 4 786,5 mlrd. so‘mni yoki 2022- yilning mos davriga nisbatan 102,8 %ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 4 531,5 mlrd. so‘mni (103,3 %), o‘rmon xo‘jaligi – 212,4 mlrd. so‘mni (101,8 %), baliqchilik xo‘jaligi – 42,1 mlrd. so‘mni (67,6 %) tashkil qildi. Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Toshkent viloyatining ulushi 11,9 %ni tashkil etdi.

Rasmiy sahifalar

Facebook |Telegram
56 viewsTOSHVIL.STAT Axborot xizmati, edited  10:30
Ochish/sharhlash
2023-04-26 10:45:51
Toshkent viloyatining qaysi hududlaruda axborot va aloqa sohasidagi korxonalar ko‘proq joylashgan ?

2023-yilning 1-mart holatiga ko‘ra, viloyatimizda axborot va aloqa sohasidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 649 ta bo‘lib, 2023- yilning mart oyida ushbu sohada 62 ta korxonalar yangi tashkil etilib ularning hammasi kichik biznes subyektlaridir. Quyidagi hududlarda ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxonalar aks etgan:·

Parkent tumani – 14 ta

Toshkent tumani – 5ta


Rasmiy sahifalar

Facebook |Telegram
55 viewsTOSHVIL.STAT Axborot xizmati, edited  07:45
Ochish/sharhlash
2023-04-26 10:39:10
Toshkent viloyatida yil boshidan 3,617 ming tonna oʻsimlik yog‘i ishlab chiqarildi

2023- yilning yanvar-mart oylari davomida ishlab chiqaradigan sanoatda 3,617 ming tonna oʻsimlik yog‘i (2,1 m.), 15,3 mln. litr pivo mahsulotlari (101,5 %ga) hamda 98,2 ming tonna shakar (106,0 %ga) mahsulotining ishlab chiqarilishi oʻsganligi kuzatildi.

Rasmiy sahifalar

Facebook |Telegram
50 viewsTOSHVIL.STAT Axborot xizmati, edited  07:39
Ochish/sharhlash
2023-04-26 10:11:52
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi 107,7 % ga kamaydi

2023- yil 1- aprel holatiga ko‘ra Toshkent viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 4395,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022–yilning mart oyiga nisbatan 107,7 % ga kamaydi. Viloyat miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 26,9 % ni tashkil etdi.

Rasmiy sahifalar

Facebook |Telegram
47 viewsTOSHVIL.STAT Axborot xizmati, edited  07:11
Ochish/sharhlash
2023-04-26 09:37:10
Toshkent viloyatida qaysi sohalarda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar ko‘proq?

2023-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 1 396 tani, shundan qo‘shma korxonalar 572 ta va xorijiy korxonalar 824 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

Savdo sohasida – 342 ta
Sanoat sohasida – 664 ta
Qurilish sohasida – 66 ta
Axborot va aloqa sohasida – 15 ta
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 102 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 28 ta
Tashish va saqlash sohasida – 32 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 12 ta
Boshqa sohalarda – 135 ta


Rasmiy sahifalar

Facebook |Telegram
49 viewsTOSHVIL.STAT Axborot xizmati, edited  06:37
Ochish/sharhlash