Get Mystery Box with random crypto!

#shukuh May oyining 3-yakshanbasi “Konchilik va metallurgiya | Toshkent viloyati hokimligi

#shukuh

May oyining 3-yakshanbasi “Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni”

Mamlakatimizda may oyining uchinchi yakshanbasi Oʻzbekiston konchilik metallurgiya sanoati xodimlari kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi.

Shu munosabat bilan bugun Olmaliq shahrida konchi-metallurglar kunida oʻzgacha bir bayramona shukuh hukmron. Mehnat jamoalarida bayram tadbirlari nishonlanmoqda. Bir qator obyektlar foydalanishga topshirildi. Ilgʻor, fidoiy xodimlar ragʻbatlantirilmoqda. Kombinatning 35 mingdan ziyod ishchi-xodimlariga bir martalik pul mukofotlari berildi.

Bugun shahar hiyobonlarida konsert dasturlari, sayillari va koʻngilochar tadbirlar tashkil etilib, olmaliqliklarga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashish arafasida.

OKMK jamoasini mazkur sana munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!!!

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter