Get Mystery Box with random crypto!

“Temir daftar” va “Yoshlar daftari” bilan ishlab, muammolarini | Toshkent viloyati hokimligi



“Temir daftar” va “Yoshlar daftari” bilan ishlab, muammolarini oʻrganilib, amaliy koʻmak berilmoqda, hokim yordamchilari yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazmoqda. Qisqa satrlarimizda shu haqda.

Yangiyoʻl shahri. "Yangihayot" mahallasida yashovchi “Yoshlar daftari”ga roʻyxatga olingan M.Abdurahmonovaga oʻzini band qilishiga koʻmaklashish maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi.

Piskent tumani. Joriy yilning 1-choragi davomida tumanda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 143 nafar yigit-qizga 482 mln. soʻmlik amaliy yordam koʻrsatildi.

Boʻstonliq tumani. Tuman hokimi J.Axmedov “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bir guruh yigit-qizlar bilan uchrashib, 46 nafar yoshlarga asbob-uskunalar topshirdi.

Zangiota tumani. Madaniyat saroyida boʻlib oʻtgan uchrashuvda tuman hokimi oʻrinbosarlari “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da roʻyxatda boʻlgan 80 nafar fuqaroga subsidiya asosida jami 480 mln. soʻmlik tikuv mashinalarini tantanali topshirishdi.

Nurafshon shahri. "Dehqonobod" MFY dagi ayollar daftarida turuvchi xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash maqsadida tavsiyanoma berildi. Jamoat ishlari jamg'armasi hisobidan mehnat qurollarini ijaraga berish shartnomasi asosida 20 ta tikuv mashinalari topshirildi.

Chinoz tumani. Hududlarda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning bir necha turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida musobaqalar o'tkazib kelinmoqda.

Yuqori Chirchiq tumani. Dolzarb masalalar tuman hokimi rahbarligida tanqidiy tahlil qilindi. Yigʻilishda birinchi masala ijro intizomi hamda 408-qaror ijrosini toʻliq taʼminlash bo‘ldi.

Chirchiq shahri. Hokim D.Xidoyatov mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda yoshlar yetakchilari tomonidan fikr va takliflar bildirildi.

DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH