Get Mystery Box with random crypto!

#befarqemasman Aliyor Abduvaliyev, Nurafshon shahar tibbiyot | Toshkent viloyati hokimligi

#befarqemasman

Aliyor Abduvaliyev, Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi reanimatsiya boʻlimi mudiri:

— Soʻnggi yillarda tibbiyot yoʻnalishida koʻplab islohotlar olib borilmoqda. Xususan, yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlar amalga oshirilmoqda, xorijdan yangi asbob-usukunalar olib kelinmoqda. Bu fuqarolarning sifatli tibbiy xizmat olishini kafolatlaydi. Yangilanayotgan Konstitutsiyaning 48-moddasida ham fuqarolar tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli ekanligiga urgʻu berilmoqda. Bilamizki, har qanday kasallikda birinchi tibbiy yordam toʻgʻri koʻrsatilsa, xalq salomatligiga juda katta yordam boʻladi. Shuning uchun ham men referendumda qatnashaman va sizlarni ham befarq boʻlmaslikka chaqiraman.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter